Mehnatkashlar farzandlari uchun Intellektual rivojlantirish oromgohi tashkil etildi

© nuz.uzLager "Barkamol"
Lager Barkamol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2017-yilda ijtimoiy himoyatalab oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan Orolbo‘yi mintaqasidan 4,5 ming, Mehribonlik uylaridan 1950 nafar hamda 50 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar bepul yo‘llanma bilan ta’minlandi, deb xabar qildi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Mehnatkashlar farzandlarining mazmunli hordig‘ini tashkil etish maqsadida "Quyoshli" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi negizida tashkil etilgan Respublika Intellektual rivojlantirish oromgohi 2-navbatining ochilish marosimi o‘tkazildi, deb xabar qildi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot-xizmati.

Umid gulshani sanatoriysi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning chet elda ham mashhur sanatoriysi zamonaviylashtirildi
Ushbu oromgohda yozgi mavsumning 1-navbatida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan "Bilimlar bellashuvi" g‘oliblari bo‘lgan 250 nafar iqtidorli o‘g‘il-qiz, ayni kunda davom etayotgan 2-navbatda esa 210 nafar iqtidorli bolajonlar kasaba uyushmalari tomonidan bepul yo‘llanmalar asosida sog‘lomlashtirilmoqda, deyilgan xabarda.

Maskanda 10 dan ortiq to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, "Ingliz tili", "Yosh kitobxon", "Kompyuter bilimdoni", "Xoreografiya", "Yosh ma’naviyatchi", "Tasviriy san’at", "Mohir qo‘llar", "Jismoniy tarbiya va sport" kabi to‘garaklar barcha zarur jihoz va vositalar bilan ta’minlanib, o‘g‘il-qizlar tabiat quchog‘idagi noan’anaviy va interfaol usuldagi mashg‘ulotlar bilan qamrab olinmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda bolajonlar uchun turli fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari, ijodiy o‘quv mashg‘ulotlari, viktorinalar, tanlovlar, musobaqalar, nazm va navo kechalari tashkil etilmoqda. Shuningdek, taniqli fan arboblari, olimlar, adabiyot va san’at namoyondalari ishtirokida o‘tkazilayotgan uchrashuv va suhbatlar, ochiq muloqotlar o‘g‘il-qizlarda katta taassurot qoldirmoqda.

O‘g‘il-qizlar bilan o‘tkazilayotgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar va vazirliklar ishtirokida tayyorlangan "Bolalar uchun mo‘ljallangan she’rlar, kuy va qo‘shiqlar to‘plamlari"dan foydalanilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Turkmanistondagi Kaspiy dengizi sohili - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bolalari Turkmanistondagi dengiz sohilida dam olishmoqda
Respublika Intellektual rivojlantirish oromgohi 2-navbati ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir davomida respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyati, ularning barchasi inson manfaatlariga xizmat qilayotgani, davlat tomonidan yosh avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarning ahamiyati bolalarga sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi, deyiladi xabarda.

Joriy yilgi mavsumda jami 1 ming 290 ta, shu jumladan, 214 ta statsionar turidagi, 936 ta kunduzgi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun korxona va tashkilotlar qoshida 140 ta "Mehnat va dam olish" oromgohlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu oromgohlarda jami 294 ming 351 nafar bola sog‘lomlashtiriladi. Ularning 154 ming nafardan ortig‘i statsionar, 140 mingdan ziyodi kunduzgi oromgohlarga jalb etiladi.

Ushbu maqsadlar uchun jami 52,3 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ijtimoiy himoyatalab oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga katta e’tibor qaratilib, davlatimizning alohida e’tibori va g‘amxo‘rligi ostida Orolbo‘yi mintaqasidan 4,5 ming nafar bola Toshkent shahri, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi so‘lim va bahavo oromgohlarda bepul dam oldirilmoqda.

Kasaba uyushmalari tomonidan ijtimoiy himoyatalab oilalardan bo‘lgan 40 ming nafar bolajon jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali bepul va imtiyozli sog‘lomlashtirilmoqda.

Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi, Surxondaryo viloyati - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda jahon andazalariga mos bolalar lageri ochildi
Shuningdek, Mehribonlik uylarining 1950 nafar tarbiyalanuvchisi hamda 50 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar bepul yo‘llanma bilan ta’minlandi. 2 ming nafar ona-bolalar kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda salomatligini mustahkamlaydi. Bepul yo‘llanmalar asosida dam olish imkoniyatidan mahallalarda yashayotgan kam ta’minlangan oilalarning 700 nafar farzandi va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar ham foydalanadilar.

Xususan, kasaba uyushmalari hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi hamkorligida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanida istiqomat qilayotgan 100 nafar, respublika hududlaridagi mahallalardan 600 nafar o‘g‘il-qiz bepul dam oldiriladi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Bolalarni sog‘lomlashtirish ishlarini muvofiqlashtirib borish bo‘yicha Respublika shtabi tashkil etilgan bo‘lib, shtab tomonidan mavsumning borishi bo‘yicha har kunlik nazorat va monitoring olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0