TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazishga kelishib olib, kelajakda KXShTning to‘laqonli a’zosiga aylanishi mumkin, dedi Rossiya Mudofaa vazirligining xalqaro boshqarmasining sobiq boshlig‘i general-leytenant Yevgeniy Bujinskiy.
Biroz oldin, Rossiya Markaziy hudud qo‘shnlari qo‘mondonining o‘rinbosari Yaroslav Roshupkin 2017-yilning Oktabr oyida O‘zbekiston hududida Rossiya va O‘zbekiston harbiy kuchlarining o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishini xabar qilgan edi. Bu Rossiya va O‘zbekiston qo‘shnlari 2005-yildan buyon birgalikda o‘tkazgan birinchi harbiy mashg‘uloti bo‘ladi. Mashg‘ulotlar o‘tkazish haqida Rossiya va O‘zbekiston Mudofaa vazirliklari yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishib olishgan.
"Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorligi yo‘lida birinchi qadam qo‘yildi. Buni hamkorlikning qayta tiklanishi demayapman, chunki Sovet Ittifoqi tarqalib ketganidan keyin mamlakatlarimiz orasida hech qanday harbiy hamkorlik bo‘lmagan", — dedi RIA Novosti nashriga Bujinskiy.
Bujinskiyning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston yangi rahbariyatining Rossiya bilan harbiy hamkorlik qilish masalasida qarashlari o‘zgargan bo‘lishi mumkin, birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish haqida erishilgan kelishuvning o‘zi bu juda katta progress.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, harbiy o‘quv mashg‘ulotlari KXShTga qaytish jarayoning ilk qadami bo‘lishi mumkin. Agar O‘zbekiston KXShT shartnomasiga qaytsa, tashkilot doirasida ko‘p qirrali hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish, o‘zaro tashrif almashish, shtablararo muzokaralar, anjumanlar o‘tkazishga imkon paydo bo‘ladi.
"Harbiy yo‘nalishda hamkorlik boshlangan bo‘lsa, demak, menimcha, O‘zbekiston KXShT doirasida to‘laqonli hamkorlikka qaytishi mumkin. Agar ular KXShTning to‘laqonla a’zosi bo‘lishsa, demak Tezkor oyoqqa turuvchi kollektiv kuchlarida (KSOR) ham ishtirok etishlari kerak bo‘ladi", — dedi Bujinskiy.
Eslatib o‘tamiz, KXShTning ikkinchi nomi "Toshkent shartnomasi" deyiladi (wikipedia). Tashkilotga 1992-yilning 15-mayida Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Armaniston rahbarlari tomonidan asos solingan. 1999-yilda O‘zbekiston ushbu tashkilot a’zoligidan chiqqan edi, lekin 2006-yilda qaytib a’zo bo‘lgan. 2012-yilda O‘zbekiston tashkilot doirasidagi hamkorlikni to‘xtatib qo‘ygan edi.