TOShKENT, 26-may — Sputnik. Bugun Moskvada MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashi tashkil etilganligining 25-yilligi munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Yig‘ilish Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shogu raisligida o‘tadi.
"Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, O‘zbekiston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston mudofaa vazirliklari, MDH ijroiya va ishchi organlari hamda ShHT mintaqaviy antiterror tuzilmasi vakillari ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda o‘tgan davrdagi harbiy hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi va MDHda harbiy sohadagi ko‘p tomonlama hamkorlikni takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.