TOShKENT, 28 apr — Sputnik, Mariya Sheludakova. Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegaradosh bo‘lgan Afg‘oniston provinsiyalarida ziddiyatlar tashvishga solmoqda, deb bayonot qildi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Shavkat Normatov xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan anjumanda so‘zlagan nutqi davomida. Jangarilar qo‘shni davlatlarga hujum qilishi xavfi mavjud.
O‘zbekiston vakili Afg‘oniston inqirozi kundan-kun faqatgina kuchayib, chuqurlashib borayotganini qayd etdi. Afg‘onistonda ayni vaqtda jangarilar qarama qarshiligi sust kechayotganini kzatish mumkin, lekin bu holat Markaziy Osiyoga xavf solishda davom etadi, chunki terrorchilar qo‘shni davlatlar hududiga hujum qilishi xavfi mavjud.
Qirg‘izistonning Afg‘oniston bo‘yicha eksperti Taalatbek Masadikov "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi ta’siri kengayib ketayotganida tahdid mavjudligini ta’kidladi. Agar "Tolibon" maqsadi Afg‘oniston hududi bilan cheralangan bo‘lsa, "ID" o‘z ta’sirini boshqa davlatlarga o‘tkazishga harakat qiladi, deb ta’kidladi u.
Mutaxassis, halqaro hamjamiyat vaziyatni bariarorlashtirish uchun milliardlab dollar tikkanini, ammo bu vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirmaganini eslatdi.
"Nimaga? Ayrimlar o‘yin ishtirokchilari harakatida o‘zaro muvofiqlik yo‘q, desa, boshqalar turli konspirologik nazariyalarga berilgan. Lekin fakt faktligicha qolmoqda: terrorchilarnining mashg‘ulot markazlari Afg‘oniston shimolida ham paydo bo‘la boshladi. Somongon, Baglan, Qunduz provinsiyalarida bazalar mavjud bo‘lib, u yerlarda sobiq Ittifoq davlatlaridan kelgan ekstremistlar portlatish ishlariga o‘rgatiladi. Foryab provinsiyasida esa hatto ayollar mashg‘ulot markazlari bor", — deb hikoya qildi mutaxassis.
Terrorizm xavfi Afg‘onistondan Markaziy va Janubiy Osiyoga tarqalib ketishi xavfi chindan ham mavjud, deya tasdiqladi RF Kurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari Igor Korobov.
"Rossiyaning Afg‘onistondagi yordami hududda terrorizmni yakson qilishga qaratilgan. "Tolibon" muammosi ko‘pdan ko‘p holatlarda Afg‘oniston sarhadlari bilan chegaralangan, lekin "ID" jangarilari esa, o‘z uylariga qaytishib, terrorchilik faoliyatini davom ettirishmoqda",- deb xotima qildi Rossiya generali.
O‘tgan juma kuni Afg‘onistonda 2001-yilda ro‘y bergan — toliblar rejimi qulashi davridan buyon hukumatga uyushtirilgan eng yirik hujum ruy berdi. Afg‘on politsiyachilari formasini kiyib olgan jangarilar Balx provinsiyasidagi harbiy baza hududiga bostirib kirishdi. Buning oqibatida 140 nafar harbiylar o‘ldirildi va 60 nafari jarohatlandi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, faqat oxirgi uch oy ichida Afg‘onistonda tinch aholining 715 nafari halok bo‘lgan va 1,5 mingga yaqini jabrlangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.