AQSh va Yaponiya Pxenyanga hamkorlikda bosim o‘tkazishga kelishib oldi

© REUTERS / Cabinet Public Relations Office/HANDOUTSindzo Abe va Donald Tramp
Sindzo Abe va Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan KXDRga bosim o‘tkazishga kelishib olgach, Shimoliy Koreya o‘z raketalari qayergacha uchib borishi haqida xabar tarqatdi

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik.  Tramp va Sindzo Abe telefon muloqoti davomida KXDRga bosim o‘tkazishga tayyorligini tasdiqlashdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

"AQSh va Yaponiya yetakchilari Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazish uchun ikki davlat o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi Bosh kotibi o‘rinbosari Koiti Xagiuda jurnalistlarga dushanba kuni ma’lum qilgan", deyiladi xabarda.

Koiti Xagiuda Kiodo agentligiga bergan intervyusida Sindzo Abe va Donald Tramp KXDRga bosim o‘tkazishni davom ettirish maqsadida Germaniyada o‘tkazilishi kutilayotgan "katta yigirmatalik" (G20) sammitidan foydalanishga kelishib olishganini aytgan.

Shimoliy Koreyadagi harbiy parad - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Shimoliy Koreya bilan "katta mojaro" bo‘lishi ehtimoli haqida gapirdi
Eslatib o‘tamiz, G20 sammiti 7-8 iyul kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda.

AQSh va Yaponiya Shimoliy Koreyadan yadro va raketa ishlab chiqarishni bas qilishi uchun unga iqtisodiy choralarni qo‘llab, bosim o‘tkazishga tayyorligini bildirayotgan bir vaqtda Pxenyan o‘z raketalari qayergacha uchib borishi mumkinligini butun dunyoga ma’lum qildi.

Dushanba kuni Xalq armiyasi strategiyaviy qo‘shinlari kunini nishonlagan Shimoliy Koreya o‘z yadroviy raketalari Yer sharining istalgan nuqtasiga zarba berishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan.

RIA Novostining yozishicha, mamlakatning Markaziy partiyasiga qarashli "Nodon sinmun" nashri ushbu munosabat bilan o‘z sahifalarida Pxenyan ishlab chiqargan raketalarining rang-barang suratlarini chop etgan.

"Koreya Xalq armiyasi strategiyaviy qo‘shinlari yer yuzining istalgan nuqtasiga istalgan vaqtda zarba berishi mumkin", — deb ta’kidlagan nashr. Gazetada yozilishicha, yuzta uchirilgan raketadan yuztasi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, sababi, tezlikni oshiruvchi mobil uchirish qurilmalari evaziga bu raketalarni aniqlashning iloji bo‘lmaydi.

KXDR ballistik raketalarni uchirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya uchun tomosha yoxud AQSh nega Afg‘onistonga "bombalarning onasi"ni tashladi?
1950-1953 yillarda Koreya yarim orolidagi harbiy to‘qnashuv tinchlik bitimi bilan yakun topganidan beri Qo‘shma Shtatlar va Shimoliy Koreya munosabatlari "sovuq urush" holatida.

Pxenyanning tinchlik kelishuvini imzolashga va AQSh bilan rasmiy munosabatlarni tiklashga qilayotgan harakatlari natijasiz qolmoqda: Vashington ushbu masalani muhokama qilishdan keskin bosh tortib kelyapti.

Amerika "Shimoldan kelishi mumkin bo‘lgan xavf"ning oldini olish maqsadida Janubiy Koreyaga 28 ming askarini joylashtirgan. Shimoliy Koreya esa Amerikaning ushbu harakatini fantaziya mevasi, deb hisoblab, to AQSh unga tahdid qilishni bas qilmas ekan, "yadro" qurolini kuchaytirib borishini e’lon qilgan.

Yangiliklar lentasi
0