"Bizni g‘am-anduhda qoldirmang" - paxtakorlik ota bedarak ketgan o‘g‘illariga xat yozdi

© SputnikBedarak yo‘qolgan aka-uka Abdullayevlar
Bedarak yo‘qolgan aka-uka Abdullayevlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidan bo‘lgan Hamidulla Abdullayev o‘zining "Odnoklassniki"dagi sahifasida farzandlari Xurshid va Umid Abdullayevlarga murojaat qilib, ulardan qaytishni so‘radi

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonlik bir fuqaroning bedarak ketgan o‘g‘illariga yo‘llagan murojaati paydo bo‘ldi.

O‘zbekistonning Paxtakoridan (Jizzax viloyati) bo‘lgan Hamidulla Abdullayev "Odnoklassniki"dagi sahifasida o‘z farzandlari Xurshid va Umid Abdullayevlarga murojaat qilgan.

Xurshid va Umid Abdullayevlar
Xurshid va Umid Abdullayevlar - Sputnik O‘zbekiston
Xurshid va Umid Abdullayevlar

"Xurshid, Umidjon bolalarim. Inson qayerda bo‘lmasin, uni tomiri tug‘ilib o‘sgan oilasi, vatanidadir. Tomiri qirqilgan daraxt quriydi. Agar qaytmasalaring, men sizlarni qarg‘amasligim mumkin. Chunki sizlar farzandimsizlar. Lekin kelmasalaring bizni dilimizni qattiq og‘ritgan bo‘lasiz. <…>

Bizni boshimiz egilib, qaddimiz bukildi, el oldida yuzimiz shuvut bo‘ldi. Qarigan chog‘imizda ayang bilan u dunyoga yuzimiz qora bo‘lib bormaylik.

Agar kelsalaring, nafaqat o‘zlaringni oqlaysizlar, balki bizni ham yuzimiz yorug‘ bo‘ladi. Ixtiyoriy kelish sizlarni biz ota-onangiz va yurtingiz oldidagi burchingizdir. Buni anglamayapsizlarmi?", degan o‘z murojaatida Hamidulla Abdullayev.

Shundan so‘ng ota o‘z o‘g‘illariga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda diniy ulamolar bilan uchrashuvida so‘zlagan nutqidan iqtibos keltirgan.

"Yaqinda muhtaram prezidentimiz katta yig‘ilishdagi ma’ruzalarida shunday dedilar: "sharoitini yaxshilamay deb, ish izlab ketib, bilib-bilmay adashib qolib, keyinchalik adashganligini anglagan bo‘lsa, ularni bittagina xatosi uchun qamoq jazosi berish-bu adolatdan emas. Abdulla Avloniy bobomiz kechirimlilik-oliyjanoblikdir degan ekan. Ular ham shu yurt farzandlari, bizning fuqarolarimiz, bizning bolalarimiz. "Egilgan boshni qilich kesmas" degan naql bor.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yo‘ldan adashganlarni darrov dushmanga chiqarib qo‘ymaslikni so‘radi

O‘z ixtiyori bilan kelib, xatosini anglab, tuzalish yo‘liga o‘tsa, mayli kechiraylik, yordam beringlar. Lozim bo‘lsa uy, ish bilan ta’minlab, o‘z biznesini boshlash uchun kredit beraylik. Lekin avf etilgandan keyin ham tuzalmasa, undan keyin javobgarlikka tortish kerak. Berilgan imkoniyatlarga qaramay, umuman yurtiga qaytmasa, demak bundaylarni qalbi toza emas, yuragida O‘zbekistonga nisbatan dushmanlik bor. Bunday kimsalarni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish kerak va hech qachon mehmon sifatida ham vatanga kiritmaslik lozim".

Bolalarim! Sizlarga yana nima kerak? Qaysi davlatda bunchalik g‘amxo‘rlik, olijanoblik, insonparvarlikni topasizlar<…> Sizlarda ikkita yo‘l bor. Yo o‘z ixtiyoringiz bilan bosh egib kelib yuzimizni yorug‘ qilasiz, yo vatangado bo‘lib meni va onangizni cheksiz g‘am-anduhda qoldirasiz. Iltimos, menga qo‘ng‘iroq qiling!!!"

Ma’lumot uchun: Abdullayev Umid Hamidullayevich 1984-yil 17-noyabrda, akasi Abdullayev Xurshid Hamidullayevich 1981-yil 11-noyabrda tug‘ilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, aka-ukalar Rossiyada traktor va mashinalarga ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi Rossiya-Bolgariya qo‘shma korxonasida faoliyat yuritishgan.

Sotrudniki pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Irkutskda bedarak yo‘qolgan 17 yoshli o‘zbekistonlik qidirilmoqda
2011 yilgacha Umid ota-onasi bilan qo‘ng‘iroqlashib turgan, 2015-yilning may oyida o‘g‘illardan to‘ng‘ichi bo‘lgan Xurshid otasiga qo‘ng‘iroq qilib, suhbat davomida ukasi yaxshi ekanligini, ular ishlashayotganini ma’lum qiladi.

Aka-ukalar tomonidan qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan raqamlar tekshirilganda, Umid Abdullayev oxirgi marta (2011 yilda) otasi bilan Rossiyaning Novosibirsk shahridan, Xurshid Abdullayev esa 2015-yilda Moskva shahridan bog‘lanishgani aniqlangan.

Aka-uka Abdullayevlar O‘zbekistonda va Rossiyada bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turishadi.

Kimda-kim aka-uka Abdullayevlarning joylashuvi haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, iltimos, ularning otasi Hamidulla Abdullayev bilan bog‘laning. Bedarak yo‘qolganlar haqida har qanday ma’lumot ularning ota-onasi uchun juda muhim.

Yangiliklar lentasi
0