Milliy aviakompaniyani korrupsiyada ayblagan fuqaro o‘z so‘zlarini qaytarib oldi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq fuqaro Ilhom Saymanov O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi faoliyatini keskin tanqid qilganligi haqida xabar bergan edik. Ammo bu ayblovlar asossiz bo‘lib chiqdi. Saymanov o‘zi bildirgan tanqidiy fikrlarni qaytarib olgani rasman e’lon qilindi

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Kuni kecha "O‘zbekiston havo yo‘llari" bosh direktori Valeriy Tan aviakompaniya rahbariyati va boshqa mas’ul xodimlari, mahalliy OAV va internet nashrlar vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga milliy aviakompaniya matbuot-xizmati.

Passajir derjit posadochnie taloni na samolet kompanii Air Berlin - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent-Nukus yo‘nalishida uchgan yo‘lovchi aviakassalardan norozi bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, Ilhom Saymanov ismli fuqaro o‘zining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Toshkent-Nukus yo‘nalishida uchgan samolyotga aviachipta sotuvchilarni tanqid qilib, post e’lon qilgan. Saymanov tomonidan yozilgan post mahalliy va chet el OAVlarida tarqalib ketgan.

Kompaniya matbuot-xizmatining ma’lum qilishicha, Valeriy Tan boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniya faoliyati yuzasidan yozilgan shikoyatlar aviakompaniya bosh direktori va kompaniya rahbariyati tomonidan shaxsan ko‘rib chiqilishi ta’kidlab o‘tilgan.

Yuqorida aytilgan holatni batafsil tekshirish maqsadida aviakompaniya xodimlari va Ilhom Saymanov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda Ilhom Saymanov o‘z yozganlarini qaytarib olgani ma’lum qilingan va Saymanovning milliy aviakompaniya direktori Valeriy Tan nomiga yozilgan murojaati jurnalistlarga o‘qib eshittirilgan.

Ushbu murojaatda quyidagilar bayon etilgan:

Kassa v zdanii passajirskogo vokzala - Sputnik O‘zbekiston
"Qo‘poruvchi" kassirlarning kuni bitgani rostmi?
"Men Saymanov Ilhom Sagdullayevich 26-iyun kuni Toshkent-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha uchdim. Men shu kuni chipta topa olmaganimdan keyin Toshkent shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi doimiy vakolatxonasiga murojaat etdim, ya’ni, Qulnazar Kaymuratov Ernazarovichdan chipta bron qilib berishini so‘radim. Shu bron orqali chipta oldim. Aviakassa xodimi chiptamni berdi, mendan ustama pul talab qilishmadi, chiptani o‘z narxiga oldim. Keyin registratsiyadan o‘tib, samolyotga chiqdim. Qarasak, o‘rindiqlarning yarmi bo‘sh ekan, bundan jahlim chiqdi: nega chipta yo‘q deyishadiyu, salonda odam yo‘q? Uchish vaqtida odamlar bu sun’iy qilinishi, shu orqali pul ishlashlari haqida aytishdi, lekin kimga qancha, kimga nima berilgani haqida hech qanaqa gap bo‘lmadi. Shu bilan bu gap tinchidi, uchib keldik. Shu kuni Feysbukdagi sahifamda bo‘lib o‘tgan voqealarni yozdim. Men bu yerda o‘z shaxsiy fikrimni yozgandim, lekin bunday shov-shuv bo‘lib ketadi, deb o‘ylamagandim. Bilishimcha, buni Kruz.uz sayti sahifamdan mendan so‘ramasdan olgan, keyin xabar boshqa saytlarga tarqalgan. Hamma sayt o‘zi istagancha yoritdi. Lekin menda "O‘zbekiston havo yo‘llari" xodimlari pora olayotgani haqida dalil yo‘q, ularga e’tirozim ham yo‘q", — deyilgan Saymanovning ko‘rsatmasida.

Yig‘ilishga Saymanovga aviachiptani sotgan kassir xodim va Toshkentdagi Koraqalpog‘iston vakolatxonasi xodimlari taklif etilgan. Ular ayrim OAVlar tomonidan milliy aviakompaniyaning korrupsiyada ayblanishi asossiz ekanligi ta’kidlangan.

Milliy aviakompaniya tijorat direktori Dilshod Yo‘ldoshev so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida ushbu reysda parvoz qilgan barcha 23 nafar yo‘lovchi so‘roq qilindi (telefon orqali). Ular belgilangan tartibda aviachiptalarni xarid qilganligi va milliy aviatashuvchisiga hech qanday e’tirozlar mavjud emasligini bayon etganlar.

"Ayrim OAVning milliy aviakompaniyaga nisbatan bildirilgan ayblar tasdiqlanmadi va asossiz ekanligi ma’lum bo‘ldi" — deb ta’kidladi Dilshod Yo‘ldoshev.

Yig‘ilish yakunida milliy aviakompaniya direktori Valeriy Tan yig‘ilish qatnashchilariga ushbu reys tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot bergan.

Jumladan, "Har bir reysda shoshilinch vaziyatlar uchun qo‘shimcha bron joylar olib qolinadi. Bronlar parvozga 2 soat qolgunga qadar band qilinadi. 26-iyun Toshkent-Nukus reys bo‘yicha 16 ta bron joy bo‘lgan. Shu bilan birga, Il-114 samolyotida parvoz yaxshi amalga oshirilishi va qo‘nish ijobiy bo‘lishi uchun vazn bo‘yicha ko‘rsatkichlar mavjud, bunda havo haroratiga ham rol o‘ynaydi. Shu kun va vaqtda Toshkent-Nukus reysida yuklashga ruxsat etilgan vazn — 4 tonnagacha og‘irlik ko‘tarish chegarasi belgilangan edi. Bu 40 nafar o‘rindiqqa yo‘lovchi olinishi kerak degani. Mazkur reysga 6 nafar yo‘lovchi kelmadi, qolgan bron qilingan joylarni sotish ulgurilmadi. Shu tariqa, ushbu samolyot bortida 24 nafar yo‘lovchi bo‘lgan" — deb ta’kidladi milliy aviakompaniya direktori Valeriy Tan.

Valeriy Tan o‘z so‘zi yakunida, OAV bilan muloqot qilishga doim ochiq ekanligi va milliy aviakompaniya faoliyati haqidagi barcha ma’lumot aviakompaniya rasmiy saytida joylashtirilishi ma’lum qildi.

Shuningdek, ishonch telefoni (+998 71) 120 47 70) orqali bog‘lanish mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0