"Jamestown Foundation": Shavkat Mirziyoyev yangicha qarashga ega siyosatchi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning nufuzli tadqiqot markazlaridan biri "Jamestown Foundation" tashkilotining portalida "O‘zbekiston Afg‘onistonga yondashuvini o‘zgartirmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda samarali va konstruktiv mintaqaviy siyosat olib bormoqda, degan xulosaga keldi AQShning nufuzli tadqiqot markazlaridan biri "Jamestown Foundation". Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

Kabul - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘onistonga tonnalab mineral o‘g‘itlar, texnika va bug‘doy yetkazib beradi
Xabarda qayd etilishicha, markaz O‘zbekistonning Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan munosabatlarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini e’tirof etarkan, rasmiy Toshkent tomonidan Afg‘oniston bilan ham aloqalarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho bergan.

"Ushbu mamlakat bilan hamkorlik ko‘lamini kengaytirish O‘zbekiston rahbariyatining turli darajadagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida yangicha qarashlarga ega ekanining natijasidir, — deb yozadi "Jamestown Foundation". — Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining afg‘on hamkasbi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy, shu jumladan, xalqaro forumlar sahnasidagi aloqasini yoqlaydi". Shu o‘rinda ikkala davlat rahbarining shu yil 8-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik tashkilotining Ostona sammiti doirasidagi barcha yo‘nalishlarda sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilingan uchrashuvi yodga olinadi.

Markaz shuningdek, 2017-yil yanvar oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kobulga tashrif buyurgani va Afg‘oniston rahbariyati bilan muzokaralar olib borgani haqida to‘xtaladi.

Abdulaziz Kamilovning Afg‘onistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonga tashrif natijalari: siyosiy va iqtisodiy hamkorlik
"Mazkur tashrif Toshkent Afg‘oniston Islom Respublikasini tahdidlar manbasi deb emas, balki transchegaraviy savdo, gumanitar va madaniy aloqalarni kengaytirish imkoniyatlariga ega hudud, energetika, infratuzilma va transport sohalaridagi o‘zaro manfaatli mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi davlat deb bilishini yaqqol namoyon etdi".

O‘zbekistonning mazkur davlat bilan aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalasida qat’iyligining yana bir misoli sifatida joriy yilda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili lavozimining tashkil etilganiga e’tibor qaratiladi. "Jamestown Foundation" mutaxassislarining e’tirof etishlaricha, "bu rasmiy Toshkentning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarda faol o‘rin tutishini namoyon etadi".

Maqolada O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Elor G‘aniyevning so‘zlaridan iqtibos keltirilib, ikkala mamlakatda ham o‘zaro tovar aylanmasini ayni kundagi 500 million AQSh dollaridan 2017-yilning oxiriga qadar 1 milliardga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi haqida xabar beriladi.

"Shu yilning yanvar oyida Kobul shahrida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi va bu yerda muntazam ravishda Afg‘onistonga shimoliy qo‘shni davlatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi, — deyiladi maqolada. — Darvoqe, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan temir yo‘l orqali bog‘langan yagona davlat hisoblanadi hamda bu yo‘l orqali o‘lkaga neft va gaz sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jalik texnikalari, dori-darmonlar va boshqa tovarlarni yetkazib beriladi".

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidenti bilan uchrashdi
Ekspertlar markazining xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonda Afg‘oniston bilan bog‘liq bo‘lgan turli loyihalarda faol qatnashish uchun ulkan salohiyat mavjud. Shu o‘rinda Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston gaz quvuri o‘tkazilishi loyihasiga O‘zbekistonni jalb etish haqidagi yaqinda bayon etilgan Turkmanistonning taklifi tilga olinadi. Jumladan, "Jamestown Foundation" "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi gaz quvurlari operatori sifatida faoliyat olib borishi mumkin, deb hisoblaydi.

"Toshkent Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy gaz quvuri qurilishida orttirilgan ulkan tajribaga ega, — deyiladi maqolada. — Ayni paytda, o‘zbek kompaniyalari ishtirokida Afg‘onistonda uchta yo‘nalish qurilgan". Shundan kelib chiqqan holda, amerikalik mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu mamlakatda yana bitta keng ko‘lamli loyihani amalga oshirishi uchun yetarli tajriba va ko‘nikmaga egadir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0