Afg‘onistonga tashrif natijalari: siyosiy va iqtisodiy hamkorlik

© Press-slujba Mid UzbekistanaAbdulaziz Kamilovning Afg‘onistonga tashrifi
Abdulaziz Kamilovning Afg‘onistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bir qator yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazdi, O‘zbekiston va Afg‘oniston biznes tuzilmalari vakillari esa o‘zaro manfaatli shartnomalar imzoladilar

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Kamilov Afg‘oniston prezidentiga prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurish taklifi bitilgan shaxsiy maktubini topshirdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Afg‘oniston prezidentiga Mirziyoyev maktubini yetkazdi

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni turli yo‘nalishlarda rivojlantirish, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalarini muhokama etishdi.

"O‘zbekiston va Afg‘oniston rahbarlarining siyosiy irodasi sharofati bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning butkul yangi sur’at va xususiyat kasb etgani ta’kidlandi. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning jadallashganida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda", — deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Kamilov Afg‘onistonga tashrifi chog‘ida shuningdek, Afg‘oniston hukumatining ijrochi raisi Abdulla Abdulla bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va investitsiya sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Afg‘oniston prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha prezidentning maxsus vakili Shokir Korgar, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.

© MID UzbekistanaO‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy bilan uchrashdi
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov v Kabule vstretilsya s ministrom inostrannix del Islamskoy Respubliki Afganistan Salaxiddinom Rabbani - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy bilan uchrashdi

Tashrif doirasida qisqa muddat ichida tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini 1,5 mlrd AQSh dollariga yetkazish imkonini beradigan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy "Yo‘l xaritasi" imzolandi.

Bundan tashqari, Transport infratuzilmasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadlari to‘g‘risidagi Protokol, Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Qo‘shma komissiya tuzish maqsadlari to‘g‘risidagi Protokol, O‘zaro anglashuv to‘g‘risida vazirliklararo memorandum, Narkotik vositalar, psixoterapik moddalar va ularning prekursorlarini noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida Bitim imzolandi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston biznes tuzilmalari vakillari dori vositalari va tibbiy jihozlar, «tez yordam» avtomobillari, bug‘doy, elektrmaishiy texnikasi yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 49,3 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan o‘zaro manfaatli shartnomalar imzoladilar.

Shuningdek, Qobulda "O‘zsanoateksport" AJ savdo uyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Savdo uyi binosida O‘zbekiston tadbirkorlari mahsulotlarining doimiy faoliyat yuritadigan "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" ko‘rgazmasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0