TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Kuni kecha Yevropa va Osiyo mamlakatlarining hukumat va sanoat korxonalarning kompyuter tizimlari keng ko‘lamli Petya virusi yordamida kiber hujumlar qayd etildi, deb xabar qildi RIA novosti.
Petya nomi bo‘lgan bu yangi virusi kompyuterlarni bloklab, operatsion tizimni ishga tushirishga yo‘l qo‘ymasligi ta’kidlanmoqda. Tizimni va fayllarni qayta tiklanish uchun 300 dollar miqdoridagi to‘lov talab qilinadi.
Xabarlarga ko‘ra, Petya shifrli virusi butun dunyo mamlakatlari kompyuterlariga jiddiy ziyon yetkazgan. Jumladan, Buyuk Britaniya, Rossiya, Ukraina, Hindiston hukumat saytlari va 80 ga yaqin neft, telekommunikatsiya va moliya kompaniyalarining kompyuter tizimlariga keng ko‘lamli hujum qayd etilgan.
Rossiyaning "Rosneft" kompaniyasi ham ushbu virus hujumga uchradi. Ukraina hukumatining barcha kompyuterlari xakerlik hujumiga uchragan. Bundan tashqari, Ukraina Milliy banki mamlakat moliya muassasalari, shuningdek, qator tijoriy va davlat sektori korxonalariga noma’lum virus orqali tashqi xakerlik hujumi uyushtirildi. Keng ko‘lamli kiberhujum Kiyev metropoliteni, "Kiyevenergo" va "Ukrenergo" hamda boshqa korxonalarga kiber hujum qayd etilgan.
Hindistonning Mumbay shahridagi Javaharlal Neru nomidagi eng yirik konteyner porti faoliyatida kiberhujumidan so‘ng nosozlik ro‘y berdi. Hujum natijasida portning uchta konteyner terminalidan biridagi yuk oqimini kompyuter orqali boshqarish tizimi ishdan chiqdi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya parlamenti kompyuter tizimi ham xakerlik hujumga uchragan. Kiberjinoyatchilar parlament serveridagi yaxshi himoyalanmagan pochta manzillarini buzib ishdan chiqarishga erishdilar.
London NATOni ushbu xakerlik hujumlarini oddiy harbiy hujumlarga tenglashtirishga undamoqda.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon, ushbu xakerlik hujumlarga qarshi aviatsiya yordamida havo zarbalarini berishga tayyorligini ma’lum qildi. Shuningdek, internet orqali kiber hujumlar yuborilgan mamlakatlarga "osmondan, quruqlikdan, dengizdan va kiber maydondan" zarba berilishi mumkinligi ta’kidlandi.
Buyuk Britaniya o‘zining kiber qurollar zahirasiga ega. Ushbu qurollar Suriya va Iroqda "Islom davlati" jangarilariga qarshi keng qo‘llanilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.