O‘zbekiston davlat xizmatchilari kiberxavfsizlik bo‘yicha saboq olishdi

Obuna bo‘lish
AQSh va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonalari hamkorligida tashkil etilgan seminar kiberxavfsizlik strategiyasi va sohadagi ilg‘or tajribalarga bag‘ishlandi

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi hukumat tashkilotlarining yigirmadan ortiq vakili Toshkentda tashkillashtirilgan kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha ikki kunlik seminarda ishtirok etishdi, deb xabar qildi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

AQSh va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonalari hamkorligida tashkil etilgan seminar kiberxavfsizlik strategiyasi va sohadagi ilg‘or tajribalarga bag‘ishlandi.

© Posolstvo SShA v UzbekistaneKiberxavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan seminar ishtirokchilari
Dvuxdnevniy seminar v Tashkente po voprosam bezopasnosti v kiberprostranstve  - Sputnik O‘zbekiston
Kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan seminar ishtirokchilari

Unda Ozarbayjon, Germaniya, Portugaliya, Polsha, Ukraina va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi. Ular o‘zbekistonlik mazkur sohaga mas’ul vakillar bilan kibersohadagi milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan strategiya, amaliyot, xalqaro ilg‘or tajribalar va umumjamiyatga taalluqli yondashuvlar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

O‘zbekistonda Marshall nomidagi Yevropa markazi tomonidan mana shunday ilk seminar 2015-yilda o‘tkazilgandi.

Yangiliklar lentasi
0