Elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomatik tarzda hisobga olish tizimi takomillashtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishZamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka
Zamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomatik tarzda hisobga olish va nazorat qilish tizimini amaliyotga tatbiq etish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha Ishchi komissiyasini tuzish haqida topshiriq berdi

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Mazkur komissiyaga Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiy rivojlanish, tarkibiy o‘zgarishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari Jamshid Qo‘chqorov boshchilik qiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Svet va gaz avtomatik tarzda hisobga olinadi

Birinchi navbatda komissiya tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomatlashtirilgan elektron hisobga olish va nazorat qilish tizimini joriy etish bo‘yicha mavjud bo‘lgan loyihalarning texnik-iqtisodiy parametrlar tahlil qilinadi. O‘rganish jarayonida uning yagona tizimga ulash, amalga oshirish muddatlari va moliyaviy jihatdan o‘zini qoplash shartlari alohida e’tiborga olinadi. Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish asboblari texnik xususiyatlari, infratuzilmasi hamda avtomatlashtirilgan tizimlar, tegishli jihozlar hamda dasturiy ta’minot vositalari batafsil o‘rganib chiqiladi.

Mutaxassislar tomonidan zamonaviy xorijiy tajriba asosida yagona huquqiy-texnik talablarni tasdiqlash bo‘yicha takliflar tayyorlash zarur. Shuningdek, davlat standartlariga mos bo‘lgan elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish avtomatlashtirilgan tizim hamda tashqi ta’sirlardan yuqori himoyalangan va yagona tizimga ulangan hisoblagichlar bo‘yicha akliflar kiritish zarur bo‘ladi.

Eng muhim bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu — texnik shartlari bo‘yicha zamonaviy elektr energiya va tabiiy gaz hisoblagichlar va ularga tegishli bo‘lgan jihozlarni  mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarish masalasini hal qilish, shuningdek dasturiy ta’minot vositalari bo‘yicha xorijiy sheriklarni jalb etish bo‘yicha takliflar kiritish bo‘yicha talablar qo‘yildi.

Zamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Hisoblagich ko‘rsatkichini atayin o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Davlat rahbari sohada tajribaga ega bo‘lgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan iyul oyi o‘rtalariga qadar uchrashuvlar tashkil etish bo‘yicha    topshiriq berdi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida O‘zbekiston mutaxassislarini xorijiy mamlakatlarga yuborish masalasi bo‘yicha takliflar tayyorlash haqida topshiriqlar berdi.

Mirziyoyev ikki oy muddat ichida topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma hamda qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini  prezident devoniga kiritish to‘g‘risida topshiriqlar berdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0