Hisoblagich ko‘rsatkichini atayin o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishZamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka
Zamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisoblash uskunalariga atayin zarar keltirgan, ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashgan fuqarolar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. 1 iyuldan boshlab umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan yoki elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisoblab borish uskunalariga atayin zarar keltirgan, yoxud hisoblash uskunalariga ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashgan fuqarolar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" gazetasi xabar qilmoqda.

Koreyaliklar Yakkasaroy tumanidagi xonadonlarga aqlli hisoblagichlar o‘rnatishadi

Yuqoridagi xatti-harakat ma’muriy javobgarlik qo‘llanilganidan so‘ng amalga oshirilsa, eng kam oylik ish haqining 25 baravaridan 75 baravarigacha jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish bilan jazolanadi.

Agarda ushbu harakatlar sababli jiddiy zarar keltirilgan bo‘lsa, u holda eng kam oylik ish haqining 75 baravaridan 150 baravarigacha jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zarar qoplansa ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilmaydi.

Ilk bor jinoyat sodir etgan shaxs agarda jinoyat aniqlanganidan o‘ttiz kun ichida yetkazilgan moddiy zararni qoplab bersa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0