O‘zbekistonda turoperatorlar soni jadal o‘smoqda

Obuna bo‘lish
So‘nggi 3 oy ichida 33 turistik kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan va litsenziya olgan

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Turoperatorlar soni jadal o‘smoqda, deb xabar qildi "O‘zbekturizm" kompaniyasi axborot xizmati.

Turizm sohasidagi tadbirkorlik rag‘batlantiriladi
"2017 yil 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi binosida yangi tashkil etilgan turistik kompaniyalarga litsenziyalarni topshirishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi", — deyiladi xabarda.

"O‘zbekturizm" raisining birinchi o‘rinbosari R. Usmonov o‘z faoliyatini boshlayotgan firmalar rahbarlariga ishlarida omad tilab, mamlakatga sayyohlar oqimini oshirish yo‘nalishida hamkorlikda ishlashni taklif qilgan. Shuningdek, turoperatorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan O‘zbekistonning chet eldagi obro‘sini yaxshilash kerakligi ta’kidlangan.

Xabarda aytilishicha,so‘nggi 3 oy mobaynida 33ta turistik kompaniya ro‘yxatdan olingan va ularga litsenziyalar topshirilgan.

Xabarga ko‘ra, ayni vaqtda turoperatorlik firmalarini tashkil qilayotgan tadbirkorlarga litsenziya 15 ish kuni ichida berilmoqda.

Samarqanddagi turistlar - Sputnik O‘zbekiston
Yapon OAV: O‘zbekiston - Markaziy Osiyo turizmi markazi
Eslatib o‘tamiz,O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni imzolagan "O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq turizm operatorlari ular tomonidan ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari uchun tushadigan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi;

mehmonxonalar xorijiy valyutadagi tushumning faqat 25 foizini belgilangan tartibda majburiy sotadilar;

xorijiy fuqarolar tomonidan mehmonxonalar xizmatiga haq to‘lash erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi, ular uchun to‘lov respublikaning davlat va budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno;

yuridik shaxslar kamida 4 yulduzli darajadagi mehmonxona va motellarni foydalanishga topshirganda ular yuridik shaxslarning foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan, shuningdek yagona soliq to‘lovidan 5-yil muddatga ozod qilinadi;

turizm faoliyati subyektlari tomonidan sig‘imi 9 kishidan ortiq bo‘lgan yangi avtotransport vositalari sotib olinganligi uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im avtotransport vositalari qiymatining maksimal darajadagi 20 %i emas, balki 3 %igacha miqdorda undiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0