TOShKENT, 9-may — Sputnik. Yaponiyaning "ROTOBO" jurnali fevral sonida "Turizmni rivoylantirishda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi UNESCO madaniy merosi obyektlarining o‘rni: mintaqaning turizm markazi — O‘zbekiston misolida" nomli maqola chop etildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Ushbu maqolada so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida turizmni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar shiddat bilan o‘tkazilayotgani xamda xar bir mamlakat o‘ziga xorijlik sayyoxlarni jalb qilish bo‘yicha boshlagan tadbirlar tahlil qilinadi.
O‘zbekiston xukumati yangi saylangan prezident tashabbusi bilan, sohaga e’tibor va sayyohlar oqimini oshirish uchun viza talabini bosqichma-bosqich dunyoning rivojlangan 27 mamlakati, shu jumladan, Yaponiya fuqarolari uchun bekor qilish rejasi tadqiqodchi tomonidan ijobiy baholangan.
Markaziy Osiyo davlatlari qadim davrdan Yaponiya bilan Ipak Yo‘li bo‘ylab savdo va madaniy aloqalar olib borgan va xozirga kelib xam Yaponiya aholisi ushbu mintaqadagi tarixiy shaharlar va yodgorliklar xaqida yaxshi ma’lumotga egalar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va ikki mamlakat xususiy turfirmalari hamkorlikda 2017-yil mobaynida Yaponiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Samarqand shahri aeroportiga 10 charter parvozlarini amalga oshirishga kirishdi. Aprel oyining o‘zida faqat shu 3 ta reys bilan 750 nafar yapon sayyohi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.