Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan fuqarolarning dafn marosimini o‘tkazishda yordam ko‘rsatiladi

© Sputnik / Aleksey Nasirov / Mediabankka o‘tishGul
Gul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda avariyaga uchragan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining 9 nafar vafot etgan, 7 nafar jabrlangan hamda qolgan 31 nafar fuqarolari Akto‘be shahar aeroportidan Toshkent shahriga soat 11.40 da olib kelindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Gullar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rahbariyati avariyada halok bo‘lganlar oila a’zolariga hamdardlik bildirdi
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilning 22-iyun kuni soat 10.20da Akto‘be viloyatida "Volgograd — Chimkent" yo‘nalishida "Mersedes" rusumli avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Avtobusda jami 52 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ulardan 50 nafari O‘zbekiston Respublikasi, 2 nafari Qozog‘iston Respublikasi fuqarlari bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 9 nafar fuqarosi vafot etgan, 7 nafar fuqarosi jabrlanib, Aytikeb tumani shifoxonasiga yotqizilgan. Voqea joyida 10 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 21 nafar fuqaro YTG‘ oqibatida jabrlanmagan.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi maxsus harbiy transport samolyoti joriy yilning 23-iyun kuni soat 19.30 da Nukus shahridan jabrlangan va vafot egan fuqarolarni olib kelish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Akto‘be shahriga uchib ketgan hamda shu kuni soat soat 23.00da Akto‘be shahar aeroportiga qo‘ngan.

Vafot etgan fuqaro M.Ergashev "Xunday" rusumli maxsus tibbiy avtomashinasida Jizzax viloyatiga olib boriladi.

Vafot etgan fuqaro T. Djumayev "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi ko‘magida Surxondaryo viloyati Termiz shahar aeroportiga olib boriladi.

Avariya s avtobusov v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati
Vafot etgan 7 nafar fuqarolar 24-iyun kuni soat 12.40 da Mudofaa vazirligining samolyotida Farg‘ona shahar aeroportiga olib kelinib, Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida istiqomat qiluvchi yaqinlariga topshiriladi.

Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan dafn marosimlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi, deyilgan xabarda.

YTH oqibatida jabrlangan fuqarolar, zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi.

Qolgan fuqarolarga doimiy yashash joylariga yetib borishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0