O‘zbekiston rahbariyati avariyada halok bo‘lganlar oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishGullar
Gullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning jasadlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus aviabortida vatanga qaytariladi

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston rahbariyati avariyada halok bo‘lganlar oila a’zolariga hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar mahkamasi axborot-xizmati.

Samolet Tu-154 - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda halok bo‘lgan fuqarolar jasadi maxsus aviabortda vatanga qaytariladi
"2017-yil 22-iyun kuni soat 10.22 da Qozog‘iston Respublikasi Oqto‘ba viloyatining Aytekebi tumanidagi Qorabutak posolkasidan 20 kilometr masofada Samara — Chimkent avtomobil yo‘lining 946-kilometrida Volgograd (Rossiya) — Chimkent (Qozog‘iston) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan ikki qavatli "Mersedes" rusumli yo‘lovchi avtobusi (davlat raqami N 011 LMM) ag‘darilib ketgan. Avtobusda jami 52 kishi — 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 2 nafar Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 kishi (barchasi O‘zbekiston fuqarosi) halok bo‘lgan, 18 kishi jarohat olgan (17 nafari O‘zbekiston fuqarosi, ularning 5 nafari Oqto‘ba viloyatining Aytekebi tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan).

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi jabrlanganlarning ahvoli va ushbu hodisa bilan bog‘liq boshqa masalalar haqida ma’lumot olish uchun bevosita telefon aloqasi tashkil qildi", deyilgan TIV xabarida.

Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlarning jasadini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish uchun Oqto‘ba shahriga maxsus samolyot yuborilgan.

"O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi", — deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0