Milliarder Alisher Usmonov Islom madaniyati markazi qurilishiga homiylik qiladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishMilliarder Alisher Usmonov
Milliarder Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom madaniyati markazi qurilishiga Alisher Usmonov homiylik qiladi, deb aytib o‘tildi Shavkat Mirziyoyev imzolagan qarorda

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida Islom madaniyati markazi binolari qurilishiga rossiyalik milliarder, asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov homiylik qilishi ko‘rsatib o‘tildi.

"Markazning ma’muriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar mashhur vatandoshimiz, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin", — deyiladi hujjatda.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

O‘zbekiston asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri bo‘lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Prezident islom markazi qurilishi loyihasi bilan tanishdi
Markaz tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lozmalar fondlarini bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar hisobidan shakllantirishdan iboratligi sanab o‘tilgan.

Markaz tarkibidagi muzey ekspozitsiyasining mavzu yo‘nalishlarini chuqur o‘ylangan, ilmiy asoslangan aniq reja bo‘yicha shakllantirish va uni eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida namoyish etish;

islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimiz — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiy-ma’naviy jasorati, ulug‘ insoniy fazilatlarini keng targ‘ib qilish;

jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san’at namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish;

islom dini odamlarni, barcha millat va xalqlarni hamisha nurli hayotga, ezgulik, o‘zaro do‘stlik va insoniylikka da’vat etishini, uning asl, gumanistik mazmunini teran tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar, jahon ahlini bir maqsad yo‘lida — jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish yo‘lida birlashishga chorlaydigan turli anjumanlar, ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Imom Buxoriy markazi haqiqiy islom ta’limoti to‘g‘risida ma’lumot bersin
O‘zbekistonning qadimiy tarixi va madaniyati, davlatchilik an’analari, xalqimizning turmush tarzi va dunyoqarashi islom sivilizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanib, rivojlanganini Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Kesh, Nasaf, Termiz, Andijon, Marg‘ilon, Karmana, Qo‘qon singari qadimiy shaharlarimiz, ulug‘ allomalar va aziz-avliyolar xotirasiga bag‘ishlab yurtimizda bunyod etilgan yodgorlik majmualari, muqaddas qadamjolar maketlari, ulug‘ siymolar, noyob qo‘lozma va toshbosma asarlar, moddiy va nomoddiy meros, xususan, "Shashmaqom" namunalari kabi noyob eksponatlar orqali aks ettirish, shu yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalari asosida qomuslar, katalog va albomlar, ilmiy-ommabop to‘plamlar, teleko‘rsatuv, film va boshqa materiallar tayyorlash;

Markazda, mahalliy va chet ellik mutaxassislarni keng jalb etgan holda, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish va ularning natijalaridan yurtimiz hamda jahon jamoatchiligini xabardor qilib borish;

Mechet Suzuk-ota v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev islom dini yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil etishni taklif qildi
Yevropa Renessansining shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan Musulmon Renessansi davrida ilm-fan, madaniyat va san’at, me’morlik rivoji to‘g‘risidagi keng qamrovli ma’lumotlar pavilonlarini tashkil etish orqali Markazda namoyish etiladigan ekspozitsiyalarni mazkur davrlarga oid eksponat va ko‘rgazmali manbalar bilan boyitish;

jahon tarixida "Amir Temur va temuriylar renessansi" degan nom bilan alohida o‘rin egallaydigan davrda yaratilgan ilm-fan, madaniyat va me’morlik durdonalarini islom madaniyatining nafaqat yurtimizdagi, balki butun musulmon olamidagi taraqqiyot va yuksalish davri sifatida ko‘rsatish;

bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etayotgan dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazining jahondagi nufuzi xalqaro ilmiy muassasa va tuzilmalar, jumladan, YuNESKO, AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Yangiliklar lentasi
0