Mirziyoyev: Imom Buxoriy markazi haqiqiy islom ta’limoti to‘g‘risida ma’lumot bersin

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Ostanada bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqida yangi markaz islom madaniyati taraqqiyotiga xizmat qilishini aytdi

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Vstrecha Mirziyoyeva s glavoy IBR - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilinadi
O‘zbekiston rahbari 8-9-iyun kunlari Ostona shahrida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Tashkil etiladigan yangi markaz islom madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib qilish, yoshlarimizni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib yetishishi, navqiron avlodning qalbida buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishdek yuksak tuyg‘ularni shakllantirishga xizmat qiladi.

Prezident bunyod etilayotgan markazning umumiy konsepsiyasi, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha qilinadigan ishlar loyihasi haqida ma’lumot berildi.

Muborak Ramazon oyida bunday ezgu ishlarni boshlash va amalga oshirish har jihatdan xayrli va maqsadga muvofiqdir, dedi Mirziyoyev.

Vstrecha Nursultana Nazarabayeva i Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev ShHT sammiti ochilish marosimida Mirziyoyevga muvaffaqiyat tiladi
"Pok niyatlar bilan boshlagan ishimiz o‘z mevasini beradi. Yana bir jihatga alohida e’tibor berish kerak. Imom Buxoriy majmuasiga ziyoratga keluvchilar markazga ham kiradi, ular haqiqiy islom ta’limoti to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar olsin".

Loyihalarda majmua atrofini obodonlashtirish, yo‘llarni kengaytirish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish va ta’mirlash lozimligi o‘z aksini topgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 21-may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashdi. O‘zbekiston bilan Islom taraqqiyot banki o‘rtasida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazini tashkil qilish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0