Qizlar tarbiyasi muhim masala - deputatlar joylarda xalq bilan muloqot o‘tkazmoqda

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishO‘zbek qizi
O‘zbek qizi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonadonlarda ochiq muloqotlar o‘tkazilib, mavjud ahvol har tomonlama o‘rganib chiqildi

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarini yanada yaxshilashda faol ishtirok etmoqda, deb xabar qildi Toshkent hokimligi matbuot-xizmati.

Vo vremya slujbi v mecheti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Prezident: yashirincha nikoh o‘qigan har qanday mullaga jinoiy jazo beriladi
Xabarga ko‘ra, Jizzax viloyati xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi sessiyasida asosiy e’tibor oila, mahalla, ta’lim muassasalarida yoshlar, ayniqsa, qizlar tarbiyasi, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish masalalariga qaratilgan. Mahallalarda, xonadonlarda ochiq muloqotlar o‘tkazilib, mavjud ahvol har tomonlama o‘rganib chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan davrida aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash maqsadida 9 mingdan ziyod tug‘ruq yoshidagi ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shuningdek, oilaviy ajralishlar, ayollar va voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish, erta turmush qurish, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, yigit-qizlarning turmush qurish yoshi oila mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biridir. Tumanda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, tibbiy madaniyatni oshirish va yoshlarning nikohga oid tushunchalarini kengaytirish, qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotir.

Milliy tiklanish partiyasidan prezidentlikka nomzod Sarvar Otamurodov - Sputnik O‘zbekiston
Otamurodov yoshlar erta turmush qurishlariga qarshi
"Har bir ota-ona o‘z farzandining baxtli bo‘lishini istaydi. — Lekin qizimni tezroq turmushga bersam, xotirjam bo‘lardim, degan noto‘g‘ri qarash bilan qaysidir ma’noda o‘z halovatini o‘ylaydigan, farzandining o‘qishni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo‘yicha ishlashiga to‘sqinlik qiladigan ota-onalar ham yo‘q emas", — dedi tumandagi 6-umumta’lim maktabi direktori Shavkat Abdualimov.

Abdualimovning so‘zlariga ko‘ra, mana shunday ota-onalarga tushuntirish maqsadida qishloq va mahallalarda mutaxassislar ishtirokida aholi vakillari bilan muntazam davra suhbatlari tashkil etilamoqda.

Ushbu tadbirlarda qiz bolani barvaqt turmushga berish va erta farzand ko‘rish, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0