TOShKENT, 30-may — Sputnik. Irkutsk shahrida shu yilning 12-fevralida uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Isroil Ismoil o‘g‘li Akbarov qidirilmoqda. Bu haqda Rossiya IIV Irkutsk viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda uning alohida belgilari keltirilgan: bo‘yi 170 — 175 santimetr, o‘rtacha gavda tuzilishiga ega. Sochlari kalta, qora, quloqlari yopishib turadi, qoshlari qora.
Egnida kapushonli to‘q ko‘k kurtka, qora shapka, qora shim va qora poyabzal bo‘lgan.
Qo‘shimcha belgilari: aksent bilan gapiradi. Yonida hech qanday hujjati bo‘lmagan. O‘zini Timur deb tanishtirishi mumkin.
Uni topish uchun politsiya safarbar qilingan, qarindoshlari va tanishlaridan ma’lumotlar to‘planmoqda.
Ichki ishlar xodimlari Isroil Akbarov haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan shahar politsiyasiga xabar berishlarini so‘rashmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.