TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi internetda o‘z rasmiy saytini ishga tushirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Saytda ushbu muassasa tarkibiy tuzilmalari, departamentlarning to‘liq ro‘yxati, institutlar va muassasa boshqaruvida bo‘lgan tashkilotlar haqida koreys va ingliz tillarida batafsil ma’lumot berilgan.
Shimoliy Koreya singari yopiq davlat uchun ushbu saytda TIV ba’zi institutlarining elektron manzillari va pochta manzillari ommaga e’lon qilingani ham ajablanarli holdir.
Saytda shuningdek, izlash tizimi ham mavjud.
Shimoliy Koreyada faqatgina rasman bunga ruxsat olgan qator tashkilotlar Internetga ulanish imkoniyatiga ega. Shuning uchun TIV tomonidan yaratilgan rasmiy sayt chet ellik fuqarolar va mamlakatdan tashqarida yashayotgan koreyaliklar foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.