TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Shimoliy Koreya davlati yetakchisi o‘zining Yangi yil oqshomidagi xalqqa murojaati davomida mamlakat mintaqalararo ballistik raketa ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida turganini ma’lum qildi, deb xabar bergan RIA Novosti.
Mintaqalararo ballistik raketa sinovi o‘z yakuniy bosqichiga yetmoqda, deb bayonot qilgan Kim Chen In.
Nashr xabariga ko‘ra, Kim Chen Inning nutqi Shimoliy Koreya televideniyesi orqali translyatsiya qilingan.
Bundan tashqari, KXDR yetakchisi Shimoliy Koreya "Sharqning yetakchi yadroviy davlati" ekanligini qo‘shimcha qilgan.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, toki AQSh o‘zining tajovuzkorlik siyosatini to‘xtatmas ekan, KXDR o‘z harbiy salohiyatini yanada kuchaytirishda davom etaveradi.