2012 yildan beri O‘zbekistonda xonadonlarni o‘marib kelgan yirik jinoiy to‘da qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Besh kishidan iborat jinoiy guruh 2012-yildan buyon o‘z faoliyatini amalga oshirib kelgan. Jinoiy guruh 20dan ortiq o‘g‘riliklarga aloqador. O‘z ishini mohirlik bilan amalga oshirib kelgan va shu vaqtgacha qo‘lga tushmagan jinoyatchilar to‘dasi atir qutisida qoldirilgan izlar tufayli militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. 2012-yildan buyon jinoiy faoliyatni amalga oshirib kelgan yirik jinoiy to‘da qo‘lga olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Avtbomobil Chevrolet Malibu - Sputnik O‘zbekiston
Yunusobodda uysiz kishi o‘g‘irlagan narsalarini olib ketish uchun Malibuni o‘g‘irladi
Xabarga ko‘ra, o‘z ishini mohirona tarzda amalga oshirib kelgan va shu vaqtgacha qo‘lga tushmay kelgan jinoyatchilar to‘dasi atir qutisida qoldirilgan izlar tufayli militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, shu yilning 14-fevralida Navoiy viloyati IIBga fuqaro M.Lanina qo‘ng‘iroq qilgan. Ayol havotirli ovozda o‘z manzilini aytgan va ichki ishlar bo‘linmasi xodimlaridan tezroq uyiga kelishlarini so‘ragan. Ayol uydan yirik miqdorda pul yo‘qolganligini ma’lum qildi.adi.

Bu Navoiy shahrida bir haftada amalga oshirilgan uchinchi o‘g‘irlik edi.

Jinoiy guruh faoliyati haqida shaharda ular juda aniq va uyushgan holda ishlashlari to‘g‘risida gap-so‘zlar oralagandi. Jinoiy guruh a’zolari uydagi jihozlarga shikast yetkazmas, o‘z xatti-harakatlarini ortiqcha shov-shuvchiz amalga oshirardilar.

Laninaning uyiga yetib kelgan tezkor-qidiruv guruhi ish haqiqatan ham professional darajada bajarilganiga guvoh bo‘ladilar: jinoyatchilar o‘zlaridan hech qanday iz qoldirmagandilar.

Jinoyatchilar - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda odam o‘g‘irlab, 20 000 dollar talab qilgan to‘da ushlandi
Ammo ekspertlardan biri pul o‘g‘irlangan trumoni qaytadan ko‘zdan kechirishga qaror qiladi.

Trumoda qator qilib bir necha turdagi duxi qutilari terib quyilgandi. Qutilarning ichidagi atir flakonlari esa chiqarib olib ketilgandi. Ana shu qutilarda qolgan qo‘l izlari tufayli tezkor-guruh o‘g‘rilarni ushlashga muvaffaq bo‘ladi.

O‘tkazilgan daktiloskopiya ekspertizasi qo‘l izlari Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi fuqaro Ro‘ziyev F.ga tegishli ekanligi aniqlanadi.

Qo‘lga olingan Ro‘ziyevning barcha kirdikorlarni tan oladi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari vaqtida ichki ishlar xodimlari o‘g‘irlikni oldinroq qator o‘g‘irliklarni amalga oshirgan jinoiy to‘da amalga oshirganini aniqladilar. Jinoiy guruh 2012-yildan buyon o‘z faoliyatini amalga oshirib kelgan va 20dan ortiq o‘g‘irliklarga aloqadorligi aytilmoqda. O‘z ishini mohirlik bilan amalga oshirib kelgan va shu vaqtgacha qo‘lga tushmaslikka muvaffaq bo‘lgan to‘da atir qutisida qoldirilgan izlar tufayli militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Yangiliklar lentasi
0