Toshkentda odam o‘g‘irlab, 20 000 dollar talab qilgan to‘da ushlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishJinoyatchilar
Jinoyatchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guruhdagilar o‘g‘irlab ketilgan shaxsning beliga qo‘lbola moslama taqib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan va 20 000 dollar miqdorida pul talab qilishgan

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida odam o‘g‘irlash jinoyati sodir etildi, deb xabar beradi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 4-5 nafar noma’lum shaxs niqob va qo‘lqob kiygan holda davlat raqami noma’lum bo‘lgan "Neksiya-1" rusumli avtomashinada kelib, "Neksiya-2" rusumli avtomashina haydovchisi, Uchtepa tumanida yashovchi 43 yoshli fuqaroga nisbatan kuch ishlatib, qo‘llariga plastmassadan yasalgan kishan taqib, boshiga niqob kiydirgan holda avtomashinada noma’lum tomonga olib ketgan.

So‘ng uning beliga qo‘lbola moslama taqib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan va 20 000 dollar miqdorida pul talab qilishgan.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 8 yoshli qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan pedofil qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan 7-fevral kuni Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan 5 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Jinoyatda gumonlanuvchilarning biri muqaddam sudlangan, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1968-yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib, uning jinoiy sheriklaridan 2 nafari Parkent tumanida yashovchi 1969-yilda va 1978-yilda tug‘ilgan, yana 2 nafari esa poytaxtning Uchtepa tumanida yashovchi 1984 va 1991-yilda tug‘ilgan shaxslar ekanligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida yuqorida qayd etilgan jinoyatni ular 1991-yilda tug‘ilgan jinoiy sheriklarining "Neksiya" rusumli avtomashinasida sodir etgani fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor-tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0