TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Bo‘lib o‘tayotgan jonli efir vaqtida Putindan Poroshenko tomonidan aytilgan "yuvilmagan Rossiya" haqidagi she’rga javob qaytarishni so‘rashdi. Ukraina prezidenti Yevropa viza tartibini bekor qilganida, rus adabiyotining mumtoz vakili Mixail Lermontov ijodidan iqtibos keltirib, Rossiya bilan shu tariqa "vidolashgan" edi.
Putin Yevropada "moviy mundirlar" Rossiyaga nisbatan ko‘proq ekanini eslatgan holda ukrainalik hamkasbiga G‘arbda yon-veriga qarab yurishni va hushor bo‘lishni maslahat berdi.
"Albatta, barchaga ma’lumki, bizning adabiyotda ham, qolaversa, Ukraina adabiyotida ham Petr Alekseyevichga javob qaytarishga mos yorqin va ters misollar istalgancha topiladi. Ammo Ukraina xalqiga, umumiy tariximizga va yagona dinimizga hurmat yuzasidan bunday qilmayman", — dedi Putin.
"Agar kimda kim yevropalik bo‘lishni ixtiyor etgan ekan, avvaliga offshor zonalardagi hisobini yopsin, mana shundan so‘ng xalq farovonligi haqida gapirsin, dedi Putin.
Rossiya rahbari shuningdek, Kiyevga Yevropaga integratsiya qilishida omad tiladi.
Putin jonli muloqotning birinchi soatida 15ta savolga javob berdi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.