TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Ukraina fuqarolariga murojaat qilib Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz tartib ishga tushirilgani to‘g‘risida tantanali ravishda e’lon qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Ukraina uchun vizasiz tartib ishga tushirildi! Yevropaga sharaflar! Ukrainaga sharaflar!" — deb yozgan Poroshenko o‘zining Facebook dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi hujjat 17-may kuni Yevropa parlamenti prezidenti Antonio Tayani va Yevropa ittifoqi kengashida raislik qilayotgan Malta rahbari Karmelo Abela tomonidan imzolangan edi.
Kiritilgan o‘zgartishlar 11-iyunga o‘tar kechasi kuchga kirdi.
Hujjatga ko‘ra, endilikda Ukraina fuqarolari sayyohlik, oilaviy yoxud tadbirkorlik maqsadlarida Shengen hududiga 90 kunga hech qanday to‘siqsiz kira olish imkoniga ega bo‘lishdi.