TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik astronomlar Qashqadaryo viloyatidagi Hisor tog‘ tizmalarida joylashgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astranomiya institutining Maydanak observatoriyasida 25-may kuni o‘ta yangi yulduzning chaqnashini qayd etishdi, deb xabar qildi FA matbuot-xizmati.
"25-may kuni paydo bo‘lgan va SN 2017ein nomi bilan qayd etilgan o‘ta yangi yulduzning ahamiyati shundaki, u bizga nisbatan yaqin, "atiga" 50 million yorug‘lik yil masofada joylashgan va binobarin biz u haqida batafsil ma’lumotlar olishga ega bo‘lyapmiz. Yulduz yorqinligi o‘zgarishining dastlabki tahlillari bu noyob hodisa ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun Maydanakda bajarilayotgan kuzatuvlar nihoyatda muhim hisoblanadi va katta ilmiy ahamiyat kasb etadi", — deyiladi xabarda.
Astronomiya sohasidagi zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra yulduzlar ham tirik mavjudotlar kabi tug‘ilishadi, milliard yil rivojlanishadi (umr ko‘rishadi) va nihoyat so‘nishadi. Ayrim yulduzlarning evolyutsiyasi o‘ta halokatli, katta portlash bilan tugaydi. Bunday paytlarda yulduzning qa’rida qizib yotgan modda atrofga sochilib ketadi va kechagina xira bo‘lib yoki umuman Yerdan turib ko‘rinmaydigan yulduzcha o‘rnida yorqin o‘ta yangi yulduz paydo bo‘ladi.
Bunday jarayolarni kuzatish olimlarga yulduzlarni tuzilishi va evolyutsiyasi konunlarini tushunish kabi fundamental masalalarga oydinlik kiritishga xizmat qiladi.
Ibn Sino 1002-1008-yillarda Xorazmdagi Ma’mun akademiyasida faoliyat ko‘rsatganligini inobatga olsak, bu fakt Akademiyaning ilmiy faoliyatini ochib beruvchi yangi bir manba sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari eng avvalo o‘zining tibbiyot va falsafa sohalaridagi asarlari bilan mashhur bo‘lgan buyuk bobokalonimizning merosi naqadar serqirra ekanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz, deb yozilgan xabarda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.