TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Peterburg politsiyasi xalqaro qidiruvda bo‘lgan 31 yashar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Hibsga olingan fuqaro Toshkentga beriladi, deb xabar qilmoqda federal yangiliklar agentligi.
Federal yangiliklar agentligiga manba tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining: "o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan tana jarohati yetkazilishi", "uyushgan qurolli jinoiy guruhni tashkil qilish, shuningdek, uni boshqarish va unda ishtirok etish", "qurol namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitgan xavfli retsidivist tomonidan amalga oshirilgan bezorilik" moddalari bilan ayblanmoqda.
Gumonlanuvchi o‘zgalarning pasportlaridan foydalangan holda Peterburg shahri va Lenoblastda istiqomat qilib kelgani ta’kidlanmoqda.
O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.