Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik hibsga olindi

Obuna bo‘lish
Kiyevda xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekistonlik jinoyatchi qo‘lga olindi. Xabarda atyilishiga ko‘ra u 91 mln AQSh dollarini o‘zlashtirib olganlikda ayblanmoqda.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Ukraina huquqni saqlash organlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini hibsga olgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Kiyev Prokuraturasi xabariga asosan.  

“Kiyevning Solomensk tumani 9 sonli prokuraturasi murojaatiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi hududida og‘ir jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan 33 yoshli o‘zbekistonlik hibsga olingan”, — deyilgan xabarda.

Interpol matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs 91 mln. dollar, va 271600 Yevro o‘zlashtirgani, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadni qonuniylashtirishda va lavozimini  suiste’mol qilishda ayblanmoqda.

“Jinoyatchini vataniga qaytarish uchun, ayni damda, O‘zbekiston huquqni saqlash organlaridan taaluqli so‘rovnoma olish kutilmoqda”, — deyilgan xabarda.

Fuqaro Kiyev aeroportida chegarani kesib o‘tish vaqti hibsga olingan. Uning yonidan Dominikana Respublikasi va O‘zbekiston pasportlari topilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0