Borovskiy kolleji yopiladi

© SputnikToshkentliklar Jasurbek Ibragimovning o‘limida aybdorlarni jazolashni so‘rashmoqda
Toshkentliklar Jasurbek Ibragimovning o‘limida aybdorlarni jazolashni so‘rashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qolgan o‘quvchilar, ya’ni 1-2 kurs talabalarining taqdiri qanday hal etilishi masalasida rasmiy hujjat tayyorlanayotgani va tez orada bu haqda batafsil ma’lumot olish mumkinligini ma’lum qilindi

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Bugun "Feysbuk"dagi "Potrebitel" guruhi foydalanuvchilaridan biri P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopilayotgani to‘g‘risida mish-mishlar borligi va bu rost yoki yolg‘onligi haqida so‘rab, post yozib qoldirdi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Borovskiy kolleji rahbarlari ishdan bo‘shatildi
Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida nashr O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi markazidagi ishonchli manbalari bilan bog‘landi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu yil Borovskiy tibbiyot kollejida qabul amalga oshirilmaydi. Qolgan o‘quvchilar, ya’ni 1-2 kurs talabalarining taqdiri qanday hal etilishi haqidagi savolga esa ayni damda ushbu masalada rasmiy hujjat tayyorlanayotgani va tez orada bu haqda batafsil ma’lumot olish mumkinligini ma’lum qildi.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri O‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi markaziga telefon orqali murojaat qilganida markazdagilar ushbu xabarni tasdiqlashdi.

© darakchi.uzMeditsinskiy kolledj im. Borovskogo v Tashkente
Meditsinskiy kolledj im. Borovskogo v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Meditsinskiy kolledj im. Borovskogo v Tashkente

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 3-may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999-yilda tug‘ilgan Ibroximov Jasurbek Maxammadjon o‘g‘li tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017-yil 1-iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0