TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 174-sonli buyrug‘i chiqdi, deb xabar bermoqda UzNews.uz.
Xabarda aytilishicha, Lutfi Yusupova Borovskiy nomidagi kollej direktori lavozimidan ozod qilingan. U bu lavozimda 2008-yildan buyon ishlab kelayotgandi.
Bundan tashqari, u bilan birga direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Bo‘rixo‘jayeva hamda direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Vazira Hasanova ham ishdan olingan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3-may kuni Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimov tan jarohati olib Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohligi kasalxonasiga yotqizilgan va 1-iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.