Mirziyoyev: ishlayman degan odamga ko‘p narsaning keragi yo‘q

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishlayman, yarataman degan odamga ko‘p narsaning keragi yo‘q, dedi Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi "Vatanparvar inoq kommunalchi" xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati bilan tanishuvi chog‘ida

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida Vatanparvar mahallasi hududidagi "Vatanparvar inoq kommunalchi" xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati bilan tanishdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Hukumat portali.

Oxirgi qo‘ng‘iroq - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev buyrug‘i: Toshkentdagi maktabda 11-yillik ta’lim tizimi tiklanadi
2010 yilda tashkil etilgan ushbu shirkat tumandagi eng namunali xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan biri. Shirkat joylashgan 38-uyning kirish yo‘laklari zamonaviy uslubda ta’mirlangan, uyga tutash hudud obodonlashtirilgan. Ko‘p qavatli uyning old qismi va yo‘laklarga videokuzatuv o‘rnatilgan. 60 xonadonga xizmat ko‘rsatuvchi shirkatda kommunal tariflar aholi uchun qulay narxlarda ishlab chiqilgan.

Shirkatning o‘z mablag‘i hisobidan uch yil ilgari uyning tom qismi mukammal ta’mirlangan, yo‘laklarga zamonaviy eshiklar o‘rnatilgan. Uy oldida qurilgan avtoturarjoy shu yerda yashovchi aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi. Turli attraksionlar, o‘yin qurilmalari bilan jihozlangan bolalar maydonchasi nafaqat bolalar, balki kattalarning ham bahri dilini ochadi.

Mirziyoyev xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari Svetlana Orlova bilan shirkat faoliyati, ko‘p xonadonli turar joylarda aholining uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida suhbatlashdi.

Toshkentdan uy sotib olishi shartlari ishlab chiqilmoqda

Shirkat xodimlari va xonadon sohiblarining qo‘l mehnati bilan obod maskanga aylangan bunday shirkatlar tajribasini o‘rganish, uni boshqa tumanlarga ham keng targ‘ib etish zarurligi ta’kidlandi.

"Ishlayman, yarataman degan odamga ko‘p narsaning keragi yo‘q, dedi davlatimiz rahbari. Oddiy qo‘l mehnati, ko‘pchilikning sa’y-harakati bilan o‘zi yashayotgan hududni shunday saranjom-sarishta, fayzli maskanga aylantirayotgan yurtdoshlarimiz ko‘payayotgani bizni quvontiradi".

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0