TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazadi.
Bu yil Rossiya prezidenti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga 1,8 million murojaatlar kelib tushgan. Ularning teng yarmidan ko‘pi telefon, 370 mingtasi — sms, 280 mingtasi esa — ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llangan.
Jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda matbuot-anjumani o‘tkaziladigan zaldan fotosuratlarni joylashtirishni boshladilar.
Gosti speshat-speshat v zal "Pramoy linii"… Na xodu pyu kofe. pic.twitter.com/Zween0z3Yx
— Aleksandr Gamov (@gamov1) 15 iyunya 2017 g.
Rossiya prezidenti ikki kun davomida ushbu muloqotga tayyorgarlik ko‘rdi, dedi Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.
Vladimir Putin zalga kirib keldi va barcha ishtirokchilar bilan salomlashdi.
Vladimir Putin jonli muloqot avvalida Rossiya iqtisodiyoti haqida gapirdi
Putinning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiya o‘sish davriga o‘tgan. "Mamlakat iqtisodiyoti retsessiyadan (to‘xtab qolishdan) chiqdi", deb qayd etdi Putin.
Rossiya prezidenti shu bilan birga Rossiyada qashshoqlik chegarasida yashovchi odamlar ko‘payayotganidan havotir bildirdi. "Ish joylarini ko‘paytirish va mehnat samaradorligini oshirish lozim", — dedi Putin.
Putin nega bu yil gubernatorlarni yoppasiga almashtirdi?
"Gubernatorlarning aksariyati o‘zlari bu savolni o‘rtaga tashlashdi, ayrim joylarda esa xalq o‘zgarish kutayotganini his qildi", — deb javob berdi Putin.
Rossiya yillar davomida sanksiyalar bosimi ostida yashashga tayyormi?
Boshqa davlatlar Rossiya yuzida raqibni ko‘ra boshlagan davrdan boshlab, ular shu zahotiyoq turli bahonalar ostida cheklovlar kirita boshladilar, deb bayonot qildi Putin.
"Sanksiyalar tufayli biz miyani ishga soldik", qo‘shimcha qildi Putin.
Umuman, Rossiya rahbari sanksiyalar mamlakat iqtisodiyoti holatiga ta’sir ko‘rsatmaganini, aksincha boshqa bir muammo — ya’ni neft narxi tushishi muhimroq muammo bo‘lganini qayd etdi.
Sanksiyalar kiritgan davlatlarning o‘zlari Rossiyadan ko‘ra ko‘proq yo‘qotish ko‘rdilar, dedi Putin.