O‘zbekko‘mir rahbariga hayfsan berildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishShaxter pokazivayet ugol. Arxivnoe foto
Shaxter pokazivayet ugol. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 13-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekko‘mir" OAJ bosh direktori Shuxrat Pulatovga hayfsan e’lon qildi hamda 2021-yilga qadar ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish dasturini tasdiqladi

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ko‘mir sanoatida "O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyati faoliyatida aniqlangan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida prezident tegishli qaror qabul qildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.

Otgruzka uglya v vagoni na shaxte - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi ko‘mir konlari qurilishi boshlanadi

Asosiy kamchiliklar: moddiy-texnika jihozlaridan samarali foydalanmaslik, ko‘mir ishlab chiqarish intizomi bo‘shligi, ish samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishda jiddiy oqsoqliklar mavjud.

Mutaxassislar fikricha, oxirgi besh yil ichida ushbu tarmoqda ko‘rsatkichlar sezilarli kamayib ketdi. Masalan, ko‘mir kon yuzasini ochish ishlari 128,9 mln kub metrga kamayib ketdi, ko‘mir qazib olish 4 mln tonnadan ortiq va kaolin 320,5 ming tonnaga kamayib ketdi.

Davlat rahbari nafaqat ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur qabul qildi, balki 2013 — 2018-yillar davrida ko‘mir sanoati korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda uni muvozanatli rivojlantirish dasturini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlamaganligi uchun "O‘zbeko‘mir" bosh direktori Shuxrat Pulatovga hayfsan intizomiy jazo chorasini e’lon qildi. 

Bundan tashqari, Mirziyoyev shu yil avgust oyi yakuniga qadar kelgusi 5-yil uchun ko‘mir kon yuzasini ochish va ko‘mir qazib olish ishlarining prognoz parametrlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar hamda har bir ustuvor investitsiya loyihalar bo‘yicha aniq "yo‘l harita" dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Rabochiy vrashayet ventil - Sputnik O‘zbekiston
Tabiiy gaz ko‘p, neft kam: VR O‘zbekistonda uglevodorodlar qazib olish haqida

Qarorda "Angren" va "Nish-Bash" ko‘mir kon shaxtalarini qurish bo‘yicha investitsion loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 340 mln dollardan ortiq mablag‘ni tashkil etmoqda. Loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy moliyaviy institutlari va hukumat moliyaviy korxonalarining investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarur bo‘ladi.

Ko‘mir sanoatining rivojlantirish maqsadida 2021-yil 31-dekabrga qadar respublikada mavjud bo‘lmagan chetdan olib kelinadigan kon transporti, texnologik asbob-uskunalar, avtotransport, ehtiyot qismlar va materiallar, dasturiy ta’minot, texnik va loyiha hujjatlari bojxona to‘lovlardan ozod etildi.

Ko‘mir sanoati uchun yetakchi kadrlarni salohiyatini mustahkamlash masalalari ham dasturda alohida o‘rin oldi. Masalan, avgust oyi yakuniga qadar Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi boshqa tegishli tarmoq idoralari bilan hamkorlikda ko‘mir sohasiga zarur bo‘lgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar (oliygohlar va kollejlar ko‘rsatilgan holda) ro‘yxatini tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar eng zamonaviy talablar va ularning tajribalari asosida tinglovchilarni o‘qitish standartlarini, o‘quv rejalarni va dasturlarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yana bir muhim jihat shuki, "O‘zbekko‘mir" tarkibidagi korxonalari va tashkilotlariga ta’lim muassasalari bitiruvchilari tanlangan qasbi va mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirilishiga oliygohlar rahbarlarining nazorat qilish va mas’uliyati oshirish mexanizmi joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ko‘mir kon yuzasini ochish ishlari 20,9 mln kub metrni tashkil etdi. 2012-yilda bu ko‘rsatkich esa 14,2 mln kub metr bo‘lgan. Ko‘mir qazib olish hajmi 125 ming tonnaga ko‘paydi. Ko‘mir mahsulotlarni ko‘payish hajmi 11,2 % ga yetdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0