O‘zbekistonda yangi ko‘mir konlari qurilishi boshlanadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishOtgruzka uglya v vagoni na shaxte
Otgruzka uglya v vagoni na shaxte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 175,2 million dollarni tashkil etadi. Yangi konda yiliga 4 million tonnagacha ko‘mir qazib olish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekistonda kelasi yili yangi "Nishbosh" ko‘mir koni qurilishi loyihasini amalga oshirish boshlanadi, deb xabar berdi "O‘zbekko‘mir" kompaniyasidagi manba Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Uning aytishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 175,2 million dollarni tashkil etadi. Yangi konda yiliga 4 million tonnagacha ko‘mir qazib olish rejalashtirilmoqda.

V zaboe shaxti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yangi ko‘mir shaxtasi qurilishiga 165 mln $ sarflaydi

"Hozirda mas’ul mutaxassislar yil oxirigacha tasdiqlash rejalashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishmoqda. 2018-yildan esa loyihani amalga oshirishga kirishiladi. Kon 2022-yilda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan", — dedi suhbatdosh.

Loyihani moliyalashtirish uchun mahalliy tijorat banklari, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda "O‘zbekko‘mir"ning o‘z mablag‘laridan foydalanish rejalashtirilgan. Shu bilan birgalikda yangi — umumiy qiymati 165 million dollar bo‘lgan "Angren" koni qurilishi ham boshlanadi.

Bugungi kunga kelib kompaniya loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishni yakuniga yetkazmoqda, uchinchi-to‘rtinchi chorakda bosh pudratchi aniqlanadi. 2017-yil oxirida esa kon qurilishi boshlanadi.

O‘zbekiston taxminan 5,7 milliard tonna ko‘mir zaxirasiga ega bo‘lib, mamlakatda yiliga 4 million tonnaga yaqin ko‘mir qazib olinadi.

Yangiliklar lentasi
0