TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik.2016 yil yakuniga koʻra Oʻzbekiston neft zaxiralari 100 mln tonnani, tabiiy gaz zahiralari 1,1 trln kub metrni tashkil qilgandi. Bu 2015 yilgi koʻrsasatkich darajasiga mos keladi, deyiladi Britaniyaning VR kompaniyasi hisobotida.
VR mutaxassislarining bildirishlaricha, Oʻzbekiston 2016 yilda neft qazib olishni 3,1 foizga — 2,6 mln tonnaga kamaytirgan. Shu tarzda, Oʻzbekistonda bir sutkada oʻrta hisobda 55 ming barrel neft qazib olingan.
Neft isteʼmoli oʻtgan yilga nisbatan 0,7 foizga koʻpaygan — 2,8 mln tonnaga yetgan. 2016 yilda Oʻzbekistonda neft isteʼmol qilish bir sutkada oʻrtacha 59 ming barrelni tashkil etgan.
Shuningdek, VR mutaxassislarining hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekistonda 2016 yilda 62,8 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olingan, bu 2015 yildagi koʻrsatkich bilan solishtirilganda 8,4 foizga koʻpdir. Tabiiy gaz isteʼmol qilish esa oʻtgan yilda 51,4 mlrd kub metrni (oʻsish 2% ga) tashkil qilgan.
"Oʻzbekneftegaz" MXKda mavjud quvvatlar yiliga qariyb 70 mlrd kub metr tabiiy gaz va 8 mln tonna suyuq uglevodorodlarni qazib olish imkoniyatiga ega.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.