O‘zbekiston xavfsiz mamlakatlar reytingiga kiritilmadi

© IA "Jaxon" / Anvar IlyasovPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning 136 mamlakati kiritilgan ro‘yxatning 1-o‘rnini Finlyandiya egallagan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda BAA va Islandiya joylashgan

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Jahon iqtisodiy forumi tomonidan e’lon qilingan jahon mamlakatlarining xavfsizlik bo‘yicha reytingiga O‘zbekiston kiritilmadi.

Reytingga ko‘ra, MDH mamlakatlari ichida eng xavfsiz mamlakat sifatida Armaniston ko‘rsatilgan — 34-o‘rin. Armanistondan keyingi o‘rinni Ozarbayjon egallagan.

O‘zbekiston pasporti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston pasporti "eng kuchli" pasportlar reytingida 72-o‘rinda

Tojikiston 49-, Qozog‘iston 58-o‘rinda qayd etilgan. Qirg‘iziston reytingda 98-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Rossiya yanada quyiga — 108-o‘ringa joylashtirilgan.

Dunyoning 136 mamlakati kiritilgan ro‘yxatning 1-o‘rnini Finlyandiya egallagan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda BAA va Islandiya joylashgan.

Reytingning oxirgi o‘rinlarini Yaman va Kolumbiya band etgan.

Reytingni tuzishda analitiklar turli omillar: jinoyatchilik darajasi, terrorchilik tahdidi va mamlakat hududidagi harbiy nizolarni hisobga olishgan.

Mazkur reytingga O‘zbekistonning nima uchun kiritilmaganini esa quyidagicha izohlash mumkin: yoki analitiklar O‘zbekistonda aslo bo‘lishmagan va respublikaning qay darajada xavfsiz ekanligini bilishmaydi yoki O‘zbekistonning xavfsizlik darajasi shu darajada yuqoriki, u hatto birinchi o‘rindagi Finlyandiyani ham ortda qoldirgani uchun ro‘yxatning eng yuqorisida joy yetmagan.

Yangiliklar lentasi
0