O‘zbekiston termasiga: Buncha yomon o‘ynamasding-ku, Uyalmading, yuzing beparda

© twitter / UzbekistanFFSbornaya Uzbekistana po futbolu v matche s Iranom
Sbornaya Uzbekistana po futbolu v matche s Iranom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasining kechagi mag‘lubiyati barchaning yuragiga o‘qdek botdi - futbolga ixtisoslashganu ixtisoslashmagan saytlar alamli maqola va she’rlarga to‘lib-toshdi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Kecha futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2018-yilgi jahon chempionati saralash o‘yinlari 3-bosqichi doirasida Eron terma jamoasiga 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragach, futbol muxlislarining sabr kosasi to‘lib-toshdi. Futbolga ixtisoslashgan qator saytlarda ishqibozlarning terma jamoa va o‘yin haqidagi fikrlari, jurnalistlarning bu boradagi mulohazalari chop etildi.

Jumladan, Dilmurod Jumaboyev shunday yozadi:

"Eronni yutishimizga kim ishongandi? Hech kim!!! Sababi oddiy — jamoa boshida Samvel Babayan bor ekan, bu jamoa hech bir natijaga erisha olmasligi barchaga ko‘pdan ayon edi. O‘tgan turda Suriyaga imkoniyatni boy bergach, Samvelning kavushini to‘g‘rilash kerak edi o‘zi aslida. Yangi murabbiy bilan Tehronda yigitlar boshqacha o‘yin ko‘rsatishlari aniq edi…

Karton figurkasi - Sputnik O‘zbekiston
Bu futbolmi yo... Millionlar o‘yini ishqibozlari portalga shikoyat yozmoqchi

Samvel Babayanning Eronga mag‘lubiyatdan so‘ng matbuot anjumanidagi so‘zlariga qarang: "Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Qolgan ikki o‘yinda sifatli o‘yin ko‘rsatib, bor kuchimizga ishga solgan holda g‘alaba qozonishimiz va oldinga intilishimiz kerak". Uyat ham yo‘q! Ikki o‘yindan so‘ng Qatardagi jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyatlar haqida gapirsa kerak.

Erondagi o‘yinni qarang: bu yigitlar boshqacha o‘ynay oladi shubhasiz. Texnikalari o‘zgarmas balki, tezlikni tabiat in’om etganidan ortig‘ini kutish keraksiz, biroq murabbiy degani jamoaga ishonch berishi kerak, uning aytganini, ko‘rsatmasini bajarsak, yutamiz albatta, degan fikr bo‘lishi kerak futbolchilarda.

"Ozodi"da esa o‘yinga berilgan ko‘rsatma "yutishimiz kerak, yo bo‘lmasa hech bo‘lmaganda durang kerak bizga" shaklida bo‘lganga o‘xshaydi. Yigitlar harakat qilishdi, biroq har kim "Vatan uchun" deb o‘z holicha o‘ynadi, taktika degan narsa umuman ko‘rinmadi.

…Vatanim deb, o‘zbek futboli sha’ni deb jon kuydiradigan, shu bilan birga qo‘lidan ish keladigan murabbiylarimiz ko‘p emas o‘zi. Bir nechtasi bosh murabbiylik qilib ham ko‘rishdi terma jamoada. Hozircha imkon berilmaganlardan Igor Shkvirin qoldi. Agar guruhda hech bo‘lmaganda uchinchi o‘rinni saqlab qolaylik deydigan bo‘lsak, ertagayoq murabbiyni yangilashimiz kerak!"

Shahboz Beg‘amov esa quyidagicha fikr bildirgan:

Yutqazganimiz bu katta bir shov-shuv emas. Babayan qo‘l ostida Suriyaga yutqazdik, Eronga o‘zimizni uyimizda yengildik. Tehronda Eronga imkoniyatni boy berishni kutilmagan natija demagan bo‘lardim. Shunchaki Toshkentda ham, Tehronda Eron darvozasi tomon birorta ham aniq zarba bera olmaganimiz, xavfli hujum sodir etolmaganimiz, hujum chizig‘ida gol urmasa ham o‘ynaydigan Sergeyevni o‘rniga futbolchi tushirmaganimiz alam qildi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston termasi Tailand bilan o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorlanmoqda

Endi qarang, o‘zi shundoq ham chap qanotimiz Denisovning jarohatidan keyin kuchsizlangandi. Andreyev uning ikkinchi muqobil varianti edi. Stasning jarohatidan keyin Sayfiyev tushsa, nisbatan Shorahmedovdan ko‘ra chap qanotda foydaliroq edi. Chunki chap qanot Sayfiyev har doim o‘ynab yurgan joy. Bu jarohat, yana bir yo‘qotish kamlik qilgandek, majburiy o‘zgarishdan keyingi tanlov ham yo‘qotishlarning davomi bo‘ldi. Davron Hoshimov aslida kichik jarohati tufayli zaxiraga qoldirilgan va o‘rniga Shorahmedov tushgandi.

Shorahmedovning chap qanotga o‘tishi, kichik jarohati bilan o‘ynagan Hoshimovning o‘ngdan joy olishi himoyadagi ikkala qanotlarimizni kuchsizlantirdi. Chap qanotdagi yo‘qotishni o‘rnini qoplaymiz deb, o‘ng qanotni ham, chap qanotni ham kuchsizlantirdik.

Vaholanki o‘shanda Andreyevning o‘rniga Sayfiyevni tushirish orqali masalani osonroq yechsa bo‘lardi. Yo‘q, biz chigalroq, tushunarsiz qarorlarni qabul qiladigan Babayanning o‘jarligiga guvoh bo‘ldik.

Tarkibdagi jarohat olgan futbolchilarimizning yo‘qligi mag‘lubiyatga sababchi, buni baxona sifatida ko‘rsatish yaramaydi. Bu qandaydir klub emas, tarkibdagi mavjud futbolchilardan bittasi jarohat oladi va uning o‘rnida munosib zaxira futbolchisi bo‘lmasa. Bu terma jamoa. O‘zbekiston terma jamoasida chap qanotda o‘ynay oladigan futbolchilar yetarli. Faqat ularni barcha jarohat olganda nomiga chaqirish emas, balki chaqirgandan keyin majbur bo‘lganda hech bo‘lmasa maydonga tushirish, ularning imkoniyatini ko‘rish kerak.

Jarohat olgan futbolchilarni yo‘qligi, yoki boshqa sabablar emas, murabbiy xatoni o‘zidan qidirishi kerak. Yana qaytaramiz, bu klub emas, terma jamoa. Terma jamoada doim tanlov bo‘lgan. Butun dunyoda shunday. Terma jamoada asosiy tarkib degan tushuncha bo‘lmasligi kerak. Bizda ham yo‘q aslida. Faqat bizda Babayan tarkibi, degan atama mavjud.

O‘rtoqlik o‘yinlari nima uchun tashkil etiladi? Babayanning o‘zining qarashi va o‘zining uslubi bor. Xop, tushundik. Lekin murabbiy ikkinchi va uchinchi rejalarni, har bir chiziq uchun qolgan muqobil variantlarni ham sinab ko‘rishi, ularni zaxirada tayyor holda ushlab turmog‘i kerak emasmi?

Sbornaya Uzbekistana po futbolu gotovitsya k matcham s Tailandom i Iranom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida pastga tushdi

Darvozada faqat Lobanov, hujumda doim Sergeyevni tushirish kerak degan qoida yo‘q Jahon chempionati saralash bosqichida.

Terma jamoa tarixidagi eng kuchli tarkibni shug‘ullantirapman, degan murabbiy har safar o‘yindan keyin optimal tarkibda o‘ynay olmadik, deyishi g‘alati emasmi?

Terma jamoa tarixidagi eng kuchli tarkib deyildimi, deyildi. Nahotki O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng kuchli tarkibda har bir pozitsiyada Babayanning kriteriyasi bo‘yicha asosiy tarkib futbolchisini almashtira oladigan futbolchi yo‘q?

…Murabbiyda taktika bo‘lmasa ham o‘ynayapmiz. Lekin murabbiy hech bo‘lmasa tarkibni to‘g‘ri tanlashni bilishi kerak. Ha, tarkibda kimni o‘ynatish va kimga ishonch bildirishni biz hal qilmaymiz. Bu murabbiy vakolatidagi ish va unga hech kim aralasha olmaydi.

Bizning kriteriyamiz bo‘yicha tarkibni ham tanlay olmayotgan murabbiyni iste’foga chiqarish payti kelmadimikan?

Oldinda yana ikkita tur bor. Ko‘p narsa bugungi Qatar — Janubiy Koreya o‘yiniga ham bog‘liq. Lekin ishoning, bizda oxirgi turgacha ham imkoniyat bo‘ladi. Faqat bu imkoniyatni birorta boshqa murabbiy bilan sinab ko‘raylik.

Kim kelsa ham ikkita o‘yinga kelishib olib kelish kerak. Chiqarolmasa ham keskin tanqid bo‘lmaydi. Chunki vaqt juda tig‘iz. Shunchaki boshqaga imkoniyat berib ko‘raylik, nazariy jihatdan olib ko‘rilsa, hali imkoniyatlar yomon emas. Shunchaki terma jamoa o‘yiniga biroz o‘yin qo‘shishi kerak. Terma jamoaga murabbiy kerak. Chiqmagan jondan umid deganlaridek…

Gap mundialda ham emas, umuman O‘zbekiston terma jamoasi futbol o‘ynashi kerak. Osiyoda O‘zbekiston degan nomimiz borligini unutmaylik".

Umuman olganda, e’tirozlarning deyarli barchasi bosh murabbiy Samvel Babayanga qaratilgan. Xayrulla Xoliqov ham o‘z maqolasida aynan terma jamoa bosh murabbiyini mag‘lubiyatda bosh aybdor qilib ko‘rsatgan.

"Kecha bo‘lib o‘tgan Eron — O‘zbekiston o‘yinini ko‘rib menda bir savol paydo bo‘ldi: terma jamoamizning bor o‘yini shumi yoki bo‘lmasa futbolchilar murabbiyni ketkazish uchun atayin shunaqa o‘ynashdimi?

Agar birinchisi bo‘lsa, demak murabbiy aybdor, mabodo ikkinchisi bo‘lsa, bunda ham murabbiy aybdor. To‘g‘risini aytaman, Samvel Babayan termaga bosh murabbiy bo‘lganidan beri uning qo‘l ostida hali biror marta ma’nili futbol ko‘rmadim. Xuddiki yigitlar 90 daqiqa yugurib berishsa bo‘lgani. Agar 60 daqiqa yugurish kerak bo‘lsa 60, 120 daqiqa yugurib berish kerak bo‘lsa yana shuncha chopishadi, biroq baribir mazmun va ma’no ko‘rinmaydi.

Kechagi o‘yinda bir jamoa o‘ynadi, ikkinchisi raqibning yaxshi o‘ynashiga qarashib yubordi, xolos. To‘g‘ri, ba’zi vaziyatlarda biz ham yomon ko‘rinmadik, lekin o‘yinning umumiy kartinasini oladigan bo‘lsak, "oqlar" o‘ynagan, "ko‘klar" kuzatgan bo‘lib chiqadi. Bu o‘yinda ko‘rdikki, terma jamoada murabbiy bo‘lmaguncha hech narsa qila olmas ekanmiz.

Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi

…Samvel Babayanni yaxshi tashkilotchi, kuchli menejer sifatida hurmat qilaman, ammo murabbiy sifatida hech narsa qila olmasligini o‘zi ham yaxshi bilsa kerak. Agar Babayanni birov majburlab ushlab o‘tirmagan bo‘lsa, kerak bo‘lsa bugunoq iste’fo bergani ma’qul. Chunki u avvalo o‘zini qiynayapti. Futbolchilar uning qo‘l ostida o‘ynagilari kelmayapti. Lekin Babayan buni sezmayotgan bo‘lsa, demak ayb o‘zida.

…Babayan va uning yordamchilaridan iltimos, o‘zingizni ham, futbolchilarni ham, xalqni ham qiynamang. Ko‘rib turibsiz-u, toki sizlar bor ekan ular bundan zo‘r o‘ynab berishmaydi. Mayli "Obod"ga boring (Babayan ikkinchi davrada "Obod"ni olarmish degan gap chiqdi), yoshlarni tarbiyalang, faqat milliy terma jamoani o‘z holiga qo‘ying, iltimos. Mayli Siz ketganingiz bilan hech narsa o‘zgarmasin, lekin baribir shu ishni qiling. Millionlab muxlislar Sizdan faqat shuni kutmoqda!"

O‘zbekiston terma jamoasiga atab hattoki she’rlar ham bitildi.

"…Senga bo‘lolmas tirgak,

O‘n bir ichi bo‘sh terak.

Senga "tez yordam" kerak,

Sho‘rlik o‘zbek futboli!

Manzilni g‘amin yema,

Sen teshilgan bir kema,

O‘zbekistonman dema,

Sho‘rlik o‘zbek futboli!"

deb yozadi Botirjon Ergashev.

RASSIYAJCH nikli yana bir muxlis esa shunday yozadi:

"Qara, onang TV yonida,

Qilayapti sen uchun zarda.

Buncha yomon o‘ynamasding-ku,

Uyalmading, yuzing beparda.

Er yigitning chin yuragida,

Doim bo‘lsin ishq diyonati.

Bu o‘yindan ko‘ra qiziqroq,

Ayollarning chempionati.

Yaxshilik qil, yurtingni yashnat,

Qo‘ldan berma shunday imkonni.

Sen hech kimdan kam emassan bil,

BOLASISAN UZBEKISTONNI!"

"…Ko‘p yilki raqibni yiqolmaganlar,

Bu ketishda aslo yiqolmaydiyam.

Oddiy bir "sahna"dan chiqolmaganlar,

"Jahon sahnasi"ga chiqolmaydiyam!

Xalqim kuning qoldi, "o‘n bir aktoru"

Va pulga sotilgan "rejissorlar"ga.

Boshqa mansab berma, azon kuyidan,

Nafrat tuyadigan "dirijorlar"ga…"

deb yozadi Abdurahmon Meshayan.

Biz esa aziz futbol ishqibozlariga ehtiroslarga berilmang, asabni asrang deb qolamiz. Zero bu mag‘lubiyat birinchi alamli mag‘lubiyat emas… Lekin oxirgisi bo‘lib qoladi deb umid qilamiz.

Yangiliklar lentasi
0