TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Tailand terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun bugun Toshkent shahriga yetib keladi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi xabar berdi.
Darvozabonlar: Sintxavichai Xatxairattakul ("Supanburi"), Sivarak Tedsungnoyen ("Buriram Yunayted");
Himoyachilar: Narubadin Viravatnodom ("Buriram Yunayted"), Kevin Diromram ("Ratchaburi"), Pansa Xemvibun ("Buriram Yunayted"), Nattapon Malapun ("Chonburi"), Puttinan Vannasri ("Bangkok"), Mika Chunonsi ("Bangkok Yunayted"), Chalermpong Kerdkayev ("Nakorn Ratchasima Mazda");
Yarim himoyachilar: Tanabun Kesarat ("Singxa Chiangray"), Antoni Petch Ampaipitakvong ("Bangkok Yunayted"), Pokklav Anun ("Bangkok Yunayted"), Titipan Puangjan ("Singxa Chiangray"), Sanravat Dechmitr ("Bangkok Yunayted"), Chayavat Buran ("Buriram Yunayted"), Bordin Pala ("Buriram Yunayted"), Chutipon Tontay ("Ratchaburi"), Piradol Chamrasami ("Muangtong Yunayted").
Hujumchilar: Sirod Chattong ("Muangtong Yunayted"), Nurul Sriyankem ("Chonburi"), Tiratep Vinotay ("Bangkok Yunayted"), Rungrut Pumichantuk ("Ratchaburi").
Bugun, shuningdek, "Bunyodkor" stadionida har ikki jamoa ishtirokida rasmiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasining mashg‘uloti 19:00 da, Tailand termasining mashg‘uloti esa 20:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Tailand uchrashuvi ertaga, 6-iyun kuni "Bunyodkor" stadionida soat 20:00 da boshlanadi.
Mazkur o‘yin O‘zbekiston termasi uchun Eronga qarshi 12-iyun kuni o‘tkaziladigan JCh-2018 saralash o‘yiniga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.