TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonovning buyrug‘iga asosan O‘zbekiston terma jamoalar markazining faoliyati tugatildi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Terma jamoalar markazi 2009-yilda tashkil qilingan va o‘sha yilning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.
Terma jamoalar markazi barcha yoshdagi O‘zbekiston termalariga javobgar tashkilot bo‘lib, unga Asqar Tolibjonov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.