Shavkat Mirziyoyev Ispaniya qiroli bilan uchrashdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Filipp VI suhbatda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etib, xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTning Ostona sammiti doirasida Ispaniya qiroli Filipp VI bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

O‘zbekiston rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari chuqur tarixiy ildizga ega ekanligini ta’kidladi.

Samarqanddagi turist - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga ispaniyalik turistlar tashrifi oshadi

Olti asr muqaddam Sohibqiron Amir Temur va Kastiliya qiroli Enrike III sa’y-harakati bilan Samarqandda va Kastiliya poytaxti Segoviyada elchixonalar ta’sis etilgan. O‘zaro hamkorlikning bugungi yuksak darajasiga O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov va qirol Xuan Karlos I o‘rtasida qaror topgan alohida munosabatlar tufayli erishildi.

Shavkat Mirziyoyev va Filipp VI suhbatda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etib, xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Tomonlar davlatlararo aloqalarni kengaytirishda oliy darajadagi muloqot muhim o‘rin tutishini qayd etdilar. Tashqi siyosat mahkamalarining muntazam maslahatlashuvlari nafaqat dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari bo‘yicha fikr almashish, balki turli darajadagi kelgusi uchrashuvlar jadvali va kun tartibini ishlab chiqish hamda kelishish imkonini bermoqda.

Davlatlararo munosabatlarning muhim bo‘g‘ini — savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham tomonlar diqqat markazida bo‘ldi.

Samarqandlik sakkiz yashar musiqachi Ispaniyadagi tanlovda g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Bulung‘urlik 8 yashar Isfandiyor Ispaniyadagi musiqa tanlovida g‘olib bo‘ldi

Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish va tarkibini kengaytirish zarurligi qayd etildi. O‘zbekiston bilan Ispaniya buning uchun barcha imkoniyat va salohiyatga ega ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston mamlakatda Ispaniya biznesining, xususan, neft-gaz, energetika, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, pardozlash materiallari va sopol mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida yuqori texnologiyali korxonalar tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali kengayishidan manfaatdordir.

Ispaniya turizm sohasida ulkan natijalarga erishgan va bu borada jahon miqyosida ilg‘or tajribaga ega. Shu munosabat bilan tomonlar ushbu sohada uzoq muddatli tizimli hamkorlik o‘rnatish, boshqacha aytganda, strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil etish va uning dastlabki majlisini shu yil Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0