O‘zbekistonga ispaniyalik turistlar tashrifi oshadi

© OLGA NEDBAYAVA / AFPSamarqanddagi turist
Samarqanddagi turist - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning tarixiy shaharlari va arxitektura yodgorliklari haqidagi video-prezentatsiya oqshom mehmonlariga mamlakat tarixi va buguni haqida ko‘plab ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon berdi

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Madrid shahrida SMUNDO Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston madaniyati oqshomi" bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Jahon" axborot agentligi. Unda Ispaniya poytaxti ma’muriyati va jamoatchiligi, ishbilarmon va ekspertlar guruhlari hamda turizm agentliklari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarga o‘zbek xalqining boy tarixiy va ma’naviy merosi, madaniyati va amaliy san’ati, O‘zbekistonning keng turistik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Yig‘ilganlar shuningdek, respublikada turizm infrastrukturasini rivojlantirish va tarixiy-me’moriy yodgorliklarni qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdilar.

O‘zbekistonning tarixiy shaharlari va arxitektura yodgorliklari haqidagi yorqin video-prezentatsiya oqshom mehmonlariga mamlakatimiz, uning tarixi va buguni haqida ko‘plab ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon berdi.

London - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston London turizm ko‘rgazmasida ishtirok etadi

"Ispaniyadagi diplomat" nashrining bosh muharriri Manuel Alberto Rubioning aytishicha, tadbir O‘zbekiston, uning o‘tmishi va buguni, ulkan salohiyati, mehnatsevar va mehmondo‘st xalqi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi. Unda ayniqsa, Samarqand, Buxoro va Xivadagi ulug‘vor arxitektura yodgorliklari katta qiziqish uyg‘otdi.

San Pablo universiteti professori Rikardo de la Serna bugungi tadbir mehmonlari ulkan taassurotlarga ega bo‘lishganini e’tirof etib, tez orada Ispaniyadan O‘zbekistonga tashrif buyuradigan turistlar soni sezilarli ravishda oshishiga ishonch bildirdi.

"O‘zbekiston – tarixiy Ipak yo‘lidagi muhim mamlakatlardan biri. Saqlanib qolgan va qayta tiklangan arxitektura yodgorliklarining go‘zalligi va betakrorligi butun dunyo turistlarini o‘ziga jalb etadi. Bugungi oqshom ishtirokchilari ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning buyuk Amir Temur saltanati poytaxti Samarqandga qilgan tashrifini quvonch bilan yodgo olishdi", — dedi SMUNDO Assotsiatsiyasi rahbari Sofiya Arutunova.

Uning aytishicha, ispan jamoatchiligining O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini e’tiborga olib bunday tadbirlarni Ispaniyaning boshqa shaharlarida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0