Oilaviy poliklinika rahbarlari xalq oldida hisobot beradi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPoliknika shifokori
Poliknika shifokori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oilaviy poliklinika boshliqlari har chorakda Toshkent shahar Kengashi yig‘ilishlarida hisobot beradilar, bundan tashqari, shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida barcha poliklinikalar 2 tadan maxsus avtomashinalar bilan ta’minlanadi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. 2017-yil 6-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlari va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonda oliy tibbiy ta’lim tizimi isloh qilinadi

Qaror bilan Toshkent shahar oilaviy va shahar markaziy tuman ko‘p tarmoqli poliklinikalari, shoshilinch tibbiy yordam chaqiruv shoxobchalar tuzilmalari, ular o‘rtasida axborot almashinuvi hamda shoshilinch yordam haqidagi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish sxemasi tasdiqlandi.

Shuningdek, Toshkent shahrida birlamchi tibbiy-sanitariya yordam va shoshilinch tibbiy yordam berish shahobchalari yangi joylashuvi tasdiqlanib, ular mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga biriktirildi.

Endi tibbiyot muassasalar xodimlari xalq oldida hisobot beradilar. Jumladan, oilaviy poliklinika boshliqlari va shifokorlar xizmat ko‘rsatadigan tuman aholisi oldida har chorakda hisobot beradilar. Markaziy tuman ko‘p tarmoqli poliklinika vakillari esa Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi sessiyalarida hisoboti muhokama qilinadi.

2017 yil 1-oktabrdan boshlab markaziy tuman ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi va uning sifatini baholash bo‘yicha maxsus reyting tizimi joriy etiladi. Reyting natijalari tibbiyot xodimlari moddiy rag‘batlantirilishida inobatga olinadi.

Poliklinika shtat birliklarida ham o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Joriy yil avgust oyiga qadar aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malakali shifokorlar bilan jamlash haqida topshiriq berildi.

Toshkent shahar aholisiga potranaj va shoshilinch tibbiy yordam berish sifatini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahar hokimiyati tomonidan har bir oylaviy va markaziy tuman ko‘p tarmoqli poliklinikalar 2 dona maxsus avtomashinalar bilan ta’minlanadi.

Sh.Mirziyoyev Toshkent shahar tibbiy muassalarini ish samaradorligini oshirish va amaliy yordam berish bo‘yicha maxsus komissiya tuzish haqida topshiriq berdi. Ushbu komissiya shoshilinch yordam berish holatini o‘rganish, ular faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf va tibbiy muassasalar boshliq va mutaxassislarni mas’uliyatini oshirish bo‘yicha ish olib boradi.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot sohasi ustidan portalga qancha xat kelib tushgani aytildi

Shuningdek, komissiya Xalq qabulxonalariga tibbiy yordam bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan yozma va og‘zaki murojaatlar ko‘rib chiqish va ularni hal qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Komissiya tibbiy muassasalarda xodimlar tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarish ahvoli tekshiriladi.

Prezident tomonidan 2018-yil yakunida komissiya tomonidan tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar natijalari asosida respublikaning boshqa shaharlarda ham bu islohotlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritish haqida topshiriq berildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0