O‘zbekistonda oliy tibbiy ta’lim tizimi isloh qilinadi

Obuna bo‘lish
Tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, eng yaxshi xalqaro amaliyot darajasidagi oliy va o‘rta-maxsus, kasbiy tibbiy ta’lim tizimini shakllantirish, tibbiy xizmat darajasini oshirish maqsadida prezident farmoni qabul qilindi

TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur hujjat tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, bosqichma-bosqich ravishda eng yaxshi xalqaro amaliyot darajasidagi oliy va o‘rta-maxsus, kasbiy tibbiy ta’lim tizimini shakllantirish, tibbiy xizmat darajasini oshirish maqsadida qabul qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ta’limi, malaka oshirish uchun davlat ta’lim standartlari va talablarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash yuklatildi.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot sohasi ustidan portalga qancha xat kelib tushgani aytildi

Bundan tashqari, vazirlik sog‘liqni saqlash mutaxassislarini qayta tayyorlash, shuningdek, oliy malakali ilmiy-pedagogik tibbiy kadrlarni tayyorlash, tibbiyotni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o‘qituvchilarni, bakalavriat va magistratura talabalarini keng jalb qilishga ham mas’ul hisoblanadi.

Hujjat oliy malakali tibbiy kadrlarni magistraturada tor mutaxassisliklar bo‘yicha 2-3 yillik ta’lim davomida tayyorlashni, klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha 2-yillik ta’lim davomida malaka oshirish va qayta tayyorlashni ko‘zda tutadi.

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bloklar bo‘yicha o‘quv soatlarini jami o‘quv vaqtining 7 foizigacha qisqartirish hisobiga, klinikagacha bo‘lgan va klinik bloklar bo‘yicha o‘quv soatlarini jami o‘quv vaqtining 85 foizigacha yetkazish rejalashtirilgan.

Hozirda bakalavriatning “davolash ishi”, “professional ta’lim” (davolash ishi), “harbiy-tibbiy ta’lim” (davolash ishi), “pediatriya ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha
tahsil  olayotgan 2-5 kurs talabalari uchun ta’lim 6-yillik asosiy tibbiy ta’limni ta’minlovchi moslashtirilgan o‘quv rejalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0