TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. 2017-yilning 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston Islom Respublikasi poytaxtida o‘tkazilgan "Qobul jarayoni" xalqaro uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar berdi "Jahon" AA.
Konferensiyada Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani va Afg‘oniston Hukumati Ijroshi Raisi Abdulla Abdulla nutq so‘zladi.
Forum davomida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ahmet Yildiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif doirasida Afg‘oniston Islom Respublikasining turli vazirlik va idoralari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda savdo-iqtisodiy hamkorlikning ayrim masalalari muhokama qilindi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.