TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili lavozimi va uning 3 xodimdan iborat apparati joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili apparati to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun 1 ta avtomobil, ofis mebeli, kompyuterlar va boshqa uskunalar xarid qilinishi uchun zarur mablag‘lar ajratilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq, O‘zbekiston Respublikasi Farmoni bilan Ismatulla Ergashev Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.