TOShKENT, 26 apr — Sputnik. 2017-yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jozef Leonard Votel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
20 Yanvar 2017, 18:37
"Suhbat davomida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Mudofaa vaziri Qobul Berdiyev va general Jozef L.Votel O‘zbekiston-AQSh kun tartibi nuqtayi nazaridan hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, qator xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi", — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.