Talaba Ibragimovga berilgan sinf rahbari tavsifnomasida nimalar bayon etilgan?

© Podrobno.uzIbrohimov Jasur
Ibrohimov Jasur - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Jasurbek Ibragimov to‘g‘risida Yunusobod tumani 5-sonli maktab o‘qituvchilar murojaati va uning sinf rahbari tavsifnomasi paydo bo‘ldi. Murojaatda o‘qituvchilar barcha aloqador bo‘lgan idoralardan ushbu jinoyat ishini har tomonlama to‘liq tergov qilinishi so‘ralgan

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Jasurbek Ibragimov to‘g‘risida Yunusobod tumani 5-sonli maktab o‘qituvchilar murojaati paydo bo‘ldi. Bu haqda "Podrobno.uz" xabar berdi.

Ushbu murojaatda o‘qituvchilar barcha tegishli idoralardan mazkur jinoyat ishini to‘liq xar tomonlama tergov qilinishini so‘rashgan.

Murojaatda shunday deyiladi:

"O‘qituvchilar tarkibi ijtimoiy tarmoqda Ibragimov Jasur o‘zi mushtlashishni boshlaganligi to‘g‘risida bildirilgan salbiy fikrlarga biz mutlaqo norozi. Ibragimov Jasur bizni ko‘zimiz oldida katta bo‘lgan. Xulqi va o‘qishi bo‘yicha unga hech qanday e’tirozlar bildirilmagan. Jasur tinch, ko‘ngilchan va juda mas’uliyatli o‘quvchi bo‘lgan".

O‘zbek militsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Talaba Ibragimovning o‘limida kim aybdor: tergov mujmal ahvolda

Shuningdek, murojaatda Ibragimov Jasur to‘g‘risida uning sinf rahbari I.Filchenko (hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida yashovchi) tavsifnomasi keltirilgan.

Tavsifnomada shunday deyiladi:

"Ibragimov Jasurbek 5-sonli maktabda 5 sinfdan 9 sinfgacha o‘qigan. O‘qish davrida o‘zini iqtidorli va mas’uliyatli o‘quvchi sifatida namoyon etgan. Barcha fanlar bo‘yicha yaxshi o‘qigan, matematika, fizika va kimyo fanlarini yaxshi ko‘rar edi. Jasurbek tarbiyali, o‘qituvchilar va sinfdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan. Uning xulqi bo‘yicha hech qachon e’tirozlar bildirilmagan. Tengdoshlar orasida hurmatga ega bo‘lgan. O‘qish davrida faqat namunali xulqqa ega bo‘lgan. Maktab barcha tadbirlarida faol ishtirok etib, topshiriqlarga jiddiy yondoshgan. Mehnatsevar, sport bilan shug‘ullanib, jismonan baquvvat va tarbiyali bo‘lgan. Jasurbek haqiqiy inson, ko‘ngilchan va mehribon bo‘lgan. Jasurbek ota-onasi uning tarbiyasiga ko‘p e’tibor berishib, barcha ishlarda unga ko‘mak berib kelishgan. Oilada muhim yaxshi bo‘lgan", — deb yozilgan tavsifnomada.

5-sonli maktabning barcha o‘qituvchilari tavsifnomada keltirilgan fikrlarga qo‘shilishlari aytilgan.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Talaba Ibrohimovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchi hibsga olindi

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 3-may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999-yilda tug‘ilgan Ibragimov Jasurbek Maxammadjon o‘g‘li tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017-yil 1-iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. To‘plangan dalillar majmui asosida I.Tulaganov ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilindi va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0