Talaba Ibrohimovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchi hibsga olindi

© PixabayZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda Borovskiy tibbiyot kolleji xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan so‘roq qilinmoqda

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Toshkent shahridagi Borovskiy tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasur Ibrohimovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari O‘zbekiston Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIBB kollej talabasi o‘limi bo‘yicha tergov harakatlari boshlanganini bildirdi

2017 yil 3-may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999-yilda tug‘ilgan Ibroximov Jasurbek Maxammadjon o‘g‘li tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017-yil 1-iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

O‘zbek militsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Talaba Ibragimovning o‘limida kim aybdor: tergov mujmal ahvolda

Jinoyat ishi 2017-yil 4-iyun kuni Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga qabul qilingan.

To‘plangan dalillar majmui asosida I.Tulaganov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilindi va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda jinoyatga aloqador shaxslar doirasini aniqlash yuzasidan tegishli tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0